AQŞ prezidenti Donald Tramp boşqa madaniyatlardan milliondan ortiq migrantlarning kelişi Yevropa madaniyatini yomon tomonga özgartirib yuborganini aytdi.
"Yevropa bilan yuz bergan narsa şarmandalik deb öylayman. Yevropada immigratsiyaga örin beriş - şarmandalik. Bu Yevropaning töqimalarini özgartirib yubordi deb öylayman va zudlik bilan harakat qilinmasa, u ilgarigidek bölmaydi. Sizlar öz madaniyatingizni yöqotyapsizlar deb öylayman", - dedi u Britaniyaning The Sun naşriga bergan intervyusida.
Tramp Yevropa mamlakatlarini qattiq sevişini aytdi.
"Unutmang, kelib çiqişim böyiça men Yevropa Ittifoqi mahsuliman, Şotlandiya va Germaniyaning. Töğrimi? Otam Germaniyadan, onam esa Şotlandiyadan", - dedi AQŞ prezidenti.
AQŞ prezidenti ilgari ham Yevropadagi migratsiya siyosatini tanqid qilgandi.












