Tartib 2020 yilning 1 iyuliga qadar “Mahalla markazi” majmualari qurilişi (rekonstruksiya qilinişi, ta'mirlanişi) tugallanişi va ularda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining hududiy bölinmalari, şuningdek “Mahalla” xayriya jamoat fondi joylaştirilişi lozim bölgan Qoraqalpoğiston, viloyatlar markazlari va Toşkent şahriga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 
Norma’ning yozişiça, yer uçastkalarini tanlab oliş mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi. Har bir kompleks DXŞ töğrisidagi kelişuvda qat'iy belgilangan muddatlarda tutaş hudud obod qilingan holda qurilişi kerak. Bunda, quriş muddati va taklif etilayotgan kapital qöyilmalar va investitsiyalar summasi – investorlarni tanlab olişning asosiy mezonlari.
 
Qurilişi tugallangan komplekslardan keyinçalik foydalaniş tartibi DXŞ töğrisidagi kelişuv bilan belgilanadi. Bunda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari foydalanilmayotgan xonalarni mustaqil ravişda ijaraga beriş va kelib tuşayotgan mablağlarni özlarining hisobvaraqlariga ötkaziş hamda ulardan faqat komplekslarni saqlaş va obodonlaştiriş xarajatlarini qoplaş uçun sarflaşga haqlidir.
 
Investorning taşabbusi böyiça kelişuv bekor qilinganda, uning qurilişga sarflagan xarajatlari qoplanmaydi, qurilişi tugallanmagan obekt davlat mulkiga ötkaziladi va boşqa investorlar qidiriladi.
 
Qöşimça rağbatlantiriş sifatida investorlarga tijoriy maqsadlar uçun qurilişga ajratilgan komplekslardan kiçik bölmagan maydonga ega bölgan komplekslarga tutaş obektlar ajratiladi. Şarti - ularning faoliyat körsatişi fuqarolar yiğinlarining işi uçun noqulayliklar yaratmasligi kerak. Investorning huquq va majburiyatlari, uşbu obektlarda amalga oşirilişi mumkin bölgan biznesning faoliyat turlari va yönalişlari, şuningdek, DXŞning boşqa şartlari investor va hokimlik örtasida tuziladigan kelişuvlarda aks ettiriladi.
 
Bunda, bunday obektni qurib bitkazgandan keyin, investor u foydalanişga topşirilgan sanadan boşlab 3 yil mobaynida quyidagi soliqlarni 50 foizga kamaytirilgan stavkada tölaydi:

yer soliği va mol-mulk soliği - taqdim etilgan yer uçastkasi va unda qurilgan köçmas mulk qismida;

foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq - mazkur obektlarda amalga oşiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda yoki jami daromad qismida.