Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga köra, Abdisalom Pardayeviç Xöjaqulov Surxondaryo viloyati hokimining örinbosari — mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

A.Xöjaqulov 2019 yildan bugungi kungaça Surxondaryo viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan.

Mavluda Umarjonovna Qobulova viloyat Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2018 yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlagan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Faxriddin Valiyeviç Mengliyev boşqarma boşliğining xavfsiz mahalla faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Mengliyev 2019 yildan buyon Muzrabot tumani içki işlar bölimi boşliği vazifasini bajaruvçisi lavozimida işlab kelgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Orziqul Çorşanbiyeviç Soatov boşqarma boşliğining keksalar va faxriylarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy faolligini oşiriş böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Soatov 2018 yildan buyon bugungi kungaça Surxondaryo viloyati fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaş raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati