Kun.uz sayti 2020 yil 1 martdan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni e'tiboringizga havola etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 12 dekabrdagi «Köçmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 987-sonli qaroriga asosan köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş tizimini yanada takomillaştirilib, 2020 yil 1 martdan yangi namunadagi plastik şaklda tayyorlanadigan köçmas mulk obekti kadastr pasporti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi:
- Plastik kadastr hujjati Toşkent şahrida, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida 2020 yil 1 martdan boşlab,
- boşqa viloyatlarda va Qoraqalpoğistonda 2020-2022 yillarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Qarorga köra, köçmas mulk obektiga bölgan mulk huquqi yoki boşqa aşyoviy huquqlar vujudga kelgan, boşqa şaxsga ötgan, bekor bölgan yoki köçmas mulk obektining huquqiy holati özgarganini tasdiqlaş yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvçiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
Mahalla raisi va örinbosarlarining iş haqi oşadi
Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq joriy yil 1 martdan mahalla raisi va uning örinbosarlarining oylik iş haqi örtaça 1,35 baravarga oşirilişi belgilandi.
Fuqarolar yiğinlari raislari va mas'ul kotiblarining oylik iş haqi fondi 2019 yil 1 maydan 1,25 baravarga va 1 oktyabrdan 1,2 baravarga oşirilgan edi.
Eski namunadagi tangalar va banknotlar kuçini yöqotadi
Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 sömlik va undan kiçik nominal qiymatdagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib oliş tartibi töğrisidagi nizomiga muvofiq, eski namunadagi tangalar va banknotlar 2020 yil 1 martdan boşlab qonuniy tölov vositasi sifatida öz kuçini yöqotadi.
Nizomga köra, Markaziy bank tomonidan muomalaga çiqarilgan 1994 yil namunasidagi 1 tiyinlik, 3 tiyinlik, 5 tiyinlik, 10 tiyinlik, 20 tiyinlik, 50 tiyinlik, 1997 yil namunasidagi 1 sömlik, 5 sömlik, 10 sömlik, 1999 yil namunasidagi 5 sömlik, 10 sömlik, 25 sömlik, 2000 yil namunasidagi 1 sömlik, 10 sömlik, 2001 yil namunasidagi 5 sömlik, 10 sömlik nominal qiymatdagi tangalar eski namunadagi tangalardir.
Markaziy bank tomonidan muomalaga çiqarilgan 1994 yil namunasidagi 1 sömlik, 3 sömlik, 5 sömlik, 10 sömlik, 25 sömlik nominal qiymatdagi banknotlar esa eski namunadagi banknotlar deya e'tirof etiladi.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tangalar va banknotlarning ayirboşlaş muddati 2021 yil 1 yanvargaça etib belgilangan.
Oliy ta'lim muassasalarida Agrar universitetning ixtisoslaşgan kafedralari filiallari taşkil etiladi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020 — 2030 yillarga möljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan 2020 yil 1 martdan paxta xomaşyosi va boşoqli don yetiştirişda band bölmagan maydonlarda tuproq-iqlim şaroitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib çiqqan holda tumanlarni bosqiçma-bosqiç ixtisoslaştiriş tizimi joriy etiladi.
Şuningdek, qaror bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 1 martga qadar meva-sabzavotçilik va uzumçilik, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot ekinlarini yetiştiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va qayta işlaş böyiça yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi oliy ta'lim muassasalarida Toşkent davlat agrar universitetining ixtisoslaşgan kafedralari filiallarini taşkil etilişi közda tutilgan.











