Eronda koronavirusga qarşi kuraşga qurolli kuçlar jalb qilinadi, Tehron virus tarqalişi bilan boğliq vaziyatni minimal yöqotişlar bilan uddalaşga harakat qiladi.  

Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy aytib ötdi.

“Barça davlat idoralari, qurolli kuçlar, jamoatçilik taşkilotlari aholi soğliği uçun barça zarur çoralarni köradi. Biz qisqa muddatlarda eng kam yöqotişlar bilan kasallik ustidan nazorat örnatmoqçimiz”, deb aytgan Ruhoniy.

Eronda ayni vaqtda koronavirusdan 43 ta kasallaniş, jumladan 8 ta ölim holati qayd etilgan. Hukumat ilk bor virusdan kasallaniş haqida 19 fevralda xabar qilgan. Virusning tarqalişi şia musulmonlar uçun ziyorat joyi hisoblangan Kum şahridan boşlangan. Şifokorlarning ma'lumotlariga köra, kasallanganlarning aksariyati şaharda yaşaydigan yoki u yerga borgan kişilardir. Mamlakatda virus tarqalişining oldini oliş çorasi sifatida bir qator viloyatlarda ta'lim muassasalari yopilgan va ommaviy tadbirlar bekor qilingan. 

Şuningdek, qöşni davlatlar ham ehtiyot çorasi sifatida Eron bilan aloqalarni çeklamoqda. 

Jumladan, Turkiya Eron bilan çegaralarni yopişga va avialoqani töxtatişga qaror qildi. Turkiyadan Eronga parvozlar 23 fevral keçki paytdan töxtatilgan. Şuningdek, mahalliy vaqt bilan soat 17dan Eron bilan çegara punktlari yopilgan. Uşbu çoralar Navröz arafasida Turkiyaning Van viloyatiga Erondan sayyohlar oqimi köpayişi bilan boğliq holda körilgan.

Şuningdek, Afğoniston ham Eron bilan barça turdagi transport aloqasini vaqtinçalik töxtatdi. 

Bundan taşqari, Pokiston Taftandagi çegara punkti orqali Eron bilan transport aloqasini töxtatişga qaror qildi.