Sayyoramizning ayni vaqtdagi eng keksa erkagi hisoblangan yaponiyalik Vatanabe Titetsu 23 fevralda 112 yoşida hayotdan köz yumdi. 12 fevralda u dunyoning eng keksa erkagi sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgandi.

“Kiodo” axborot agentligining xabar berişiça, 113 yoşini qarşilaşiga sanoqli kunlar qolgan qariya Niigata prefekturasidagi qariyalar uyida olamdan ötgan. 

Vatanabe 1907 yil 5 martda Yaponiyada dehqon oilasida dunyoga kelib, 20 yoşida Tayvanga köçib ötgan. U 18 yil ötib yana Yaponiyaga qaytib kelgan. 

Vatanabegaça eng keksa erkak sifatida yana bir yaponiyalik - Xokkaydo orolida yaşovçi Masadzo Nonaka e'tirof etib kelingan. U 2019 yil 20 yanvarda 113 yoşida vafot etgandi.

Yaponlar an'anaviy ravişda sayyoramizning eng uzoq umr köruvçi vakillari reytingida eng yuqori poğonalarni egallab kelişadi.

Ginness rekordlar kitobiga köra, hozirda sayyoramizning eng keksa vakili ham 117 yoşli yaponiyalik ayol Kane Tanaka hisoblanadi.