Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Töyçiyeviç Ne'matov lavozimini tark etgan. Bu haqda boş vazir Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan yiğilişda ma'lum qilingan. Endilikda Ilhom Ne'matov vazir örinbosari lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
Kun.uz manbasi xabar berişiça, TIV rahbarining birinçi örinbosari lavozimini Farhod Arziyev egallagan.

Farhod Arziyev 2017 yilning mayida Özbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi etib tasdiqlangandi. U ilgari Özbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elçixonasida maslahatçi lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, Ilhom Ne'matov 2018 yilning noyabridan buyon Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.












