Taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956 yilda Buxoroda tuğilgan. 1973-77 yillarda Toşkent davlat San'at institutida tahsil olgan. 

1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida iş boşlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi özbek davlat akademik teatrida faoliyatini boşlagan. 

Aktyor şoir Azim Suyunning «Sarbadorlar» asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan çayon» spektaklida Solih maxdum, Ibrohim Sodiqovning «Afandining beş xotini» spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning «Piri koinot» spektaklida Ahmad Farğoniy, Şekspirning «Qirol Lir» asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning «Yetti faryod» spektaklida Sabalo kabi önlab rang-barang rollar ijro etgan. 

Oğir xastalik tufayli teatrdan ketişga majbur bölgan. Ammo, ijoddan töxtamay, turli tele va radio loyihalarda muntazam iştirok etgan.

Ğaybulla Hojiyev «Uqubat», «Şabbona», «Umid», «Oqpadar» kabi köplab filmlarda turli rollarni ijro etgan,  Aktyor «Şaytanat» teleserialida Ahmadbey rolini öynagan.

Ğaybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bölib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan çuqur joy olgan.

Kun.uz marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga çuqur ta'ziya bildiradi.