Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda Finlandiya tajribasini örganiş masalalariga bağişlangan onlayn uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda iştirok etgan Finlandiyaning «Rovio» kompaniyasi direktori, Angry Birds öyinlari muallifi Piter Vesterbaka fin ta'lim tizimi muvaffaqiyati haqida fikrlarini bildirdi.
«Ötgan yili fevral oyida Özbekistonga borgan vaqtimda mendan «Finlandiyaning eng muhim resursi nima?», deb söraşganda «Bizning eng muhim va asosiy resursimiz 5,5 million aholimiz», deb javob berganman. Har bir mamlakatda şunday bölişi kerak deb hisoblayman. Finlandiyada tabiiy resurslar juda kam. Bizning ozgina örmonimiz bor, xolos.
Ta'lim masalasiga töxtaladigan bölsak, faqatgina ma'lum toifadagilarga emas, barçaga yuqori sifatli ta'lim xizmatlarini taqdim etişimiz juda muhim. Bunga Finlandiya va umuman Skandinaviya davlatlari yaxşi misol», dedi Piter Vesterbaka.
Angry Birds öyinlari muallifining ta'kidlaşiça, ta'lim mamlakatning rivojlanişi va aholi farovonligi uçun asosiy omil hisoblanadi: «Xorijiy davlatlarga safarlarimda köpinça «Finlandiyada eng yaxşi maktab qaysi deb?», söraşadi. Finlarga bu savolni bersangiz, ular «Eng yaxşi maktab – uyingizga eng yaqin maktab», deb javob berişadi. Axir bizda har bir maktabning yaxşi öqituvçilari bölişiga kompleks yondaşiladi.
Men buni juda muhim fakt deb hisoblayman. Finlandiya ta'lim tizimi muvaffaqiyati sabablaridan biri ham şu bölsa kerak. Sönggi 3 yilda aynan Finlandiya turli sörovnomalarga köra dunyodagi eng baxtli mamlakat sifatida reytingda yetakçi örinlarni egallab kelayotgani ham bejiz emas. Aynan ta'lim baxtli hayot uçun poydevor vazifasini bajaradi», dedi Angry Birds strategik öyini asosçisi onlayn uçraşuvda.

Piter Vesterbaka boşqa davlatlar tajribasini örganiş muhim ekanini, bolalar maktablarda kelajak kasblarini egallaşga tayyor bölib ulğayişiga ham urğu berdi.
«Dastlab 2000 yilda PISA tadqiqotlarida eng yaxşi natija körsatganimiz biz uçun kutilmagan hodisa bölgan. Şundan söng biz uşbu reytingda yuqori örin olgan boşqa davlatlar tajribalarini örgandik. Şu jumladan, tadqiqotda yuqori natija körsatgan Osiyo davlatlari maktablari bilan maktablarimizni soliştirganda, ularda boşqaça yondaşuvlar mavjudligini, Singapur va Koreyada bolalar ertalab vaqtli maktabga ketib keç qaytişini kördik. Bizda bolalar maktabda unçalik köp vaqt ötkazişmaydi. Ularning öynaşga yoki boşqa işlar bilan şuğullanişga ham vaqtlari yetarli. Ta'limga kam vaqt sarflab yuqori natija oliş juda muhim.












