— Özbekistonga xuş kelibsiz, Piter!
Rahmat.
— Biroz ğayrioddiy usulda kiyinar ekansiz. Buning sababi bormi?
Men doim qizil xudi kiyaman. Pandemiya paytida niqobim ham qizil edi. Men doim qizil kiyinaman. Birinçidan, bu ajralib turiş uçun samarali yöl. Şuningdek, özim ham qizil rangni yaxşi köraman.
Qolaversa, Rovio kompaniyasida (öşa maşhur Angry Birds öyinini işlab çiqqan kompaniya - tahririyat) işlayotganimda Germaniyada biznes tadbirga bordim va sahnaga çiqdim. Keyin meni va boşqa uç qatnaşçini suratga olişlarini iltimos qildim. Keyin Rovio Entertainment ofisi joylaşgan Finlandiyaning Espu şahriga qaytdim. Suratni jamoamizga körsatdim. Suratdagi tört kişining uç nafari töq rangdagi rasmiy kiyimda edi. Ularning birigina qizil xudi va qizil poyabzal kiyib olib ajralib turardi.
Marketing sohasida ajralib turiş, farqli böla oliş kerak! Şundan keyin Rovio Entertainment marketing bölimi rahbari kompaniyaning barça xodimlari uçun qizil xudiga buyurtma berdi. Şu tariqa, qizil xudi Angry Birds’ning uniformasiga aylandi. Binobarin, bugungi kabi biror tadbirga borganda, Angry Birds xodimini ajratib oliş oson böladi. Qizil xudi kiyganim bilan boğliq yuzlab hikoyalarni aytib berişim mumkin.
— Nega Finlandiyada qolgansizlar? Şaroiti yaxşiroq bölgan Kremniy vodiysiga öxşaş joyga köçmagansizlar?
— Kremniy vodiysida köp marta bölganman. Aslida men faoliyatimni texnologik startapda boşlaganman. Bu Bill va Deyv Palo Altodagi garajda 1930-yillarda asos solgan kompaniya edi (Hewlett-Packard kompaniyasi nazarda tutilmoqda - tahririyat). Men Bill va Deyv öşa yerda işlayotgan paytlarda uçraşganman. Ular nafaqat NR, balki butun Kremniy vodiysiga asos solişgan. Men NR’da uzoq yillar işladim. Ğaroyib joy. Bu ilhom manbayi. Hozirda Finest Bay Area’da faoliyat olib boryapman. U Finlandiyadagi kiçik köl atrofida joylaşgan. Bizda Finlandiyaning boşqa hududlari, Estoniya, Şvetsiya va Rossiyadan kelib işlayotganlar bor. Hozirça biz Kremniy vodiysi va Xitoydan ança muvaffaqiyatliroq işlayapmiz. Unicorn Company bu kapitalizatsiyasi milliard dollardan oşadigan startap.
Bizdan janubda joylaşgan va bir million uç yuz ming aholiga ega Estoniyada 6ta ana şunday kompaniya bor. Şuningdek, bizda Spotify, Kaloor, Skype, Angry Birds va boşqa kompaniyalar ham bor. Kişi boşiga qiyoslaganda, bu kabi tarix yaratişda biz Kremniy vodiysi va Xitoydan köra ança muvaffaqiyatliroqmiz bu borada. Finest Bay Area’da biz iste'dodlar uluşini dunyoning istalgan boşqa nuqtasiga nisbatan köpaytirmoqçimiz.










