Bu haqda Milwaukee Journal Sentinel nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, otishma 26 fevral kunduzi pivo ishlab chiqaruvchi Molson Coors korxonasida yuz bergan.
Politsiya korxonaga soat 14 atrofida chaqirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 2 ta to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan va u kompaniyaning bir kun avval bo‘shatib yuborilgan sobiq xodimi bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, politsiyachilar voqea joyida o‘z o‘ziga yetkazilgan o‘qotar jarohatga ega 51 yoshli erkakni jonsiz holda topishgan. Shuningdek, yana 5 kishining jasadi topilgan.
Viskonsin vitse-gubernatori Mandela Barnsning ta'kidlashicha, bu otishma shtat hududida 2004 yildan beri yuz bergan ilk shunday hodisadir.















