Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev 26 fevral kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, ayrim ota-onalar bolalarini mehribonlik uylariga beriş orqali özlarining muammolarini hal etişga urinmoqda.
«Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarining 338 nafari, ya'ni 14 foizi çin yetim, ularning na otasi va na onasi bor. Sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlarning farzandlari 811 nafar (34 foiz), otasi yoki onasi hayot bölganlarning farzandlari 569 nafar (24 foiz), kam ta'minlangan oilalarning farzandlari 420 nafar (18 foiz) taşkil etadi.
Bundan taşqari, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlarning 98 nafari nogironligi bor şaxslarning farzandlari, 133 nafari ozodlikdan mahrum etilganlarning farzandlaridir», deya Dilşod Kenjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir örinbosari ayrim ota-onalar bolalarini mehribonlik uylariga beriş orqali özlarining muammolarini hal etişga urinayotganiga e'tibor qaratdi.
«Hamma narsasi bor böla turib, farzandini mehribonlik uylariga berib yuborganlar ham bor. Masalan, Samarqand viloyatining birgina Past Darğom tumanida kam ta'minlangan oilalarning 34 nafar bolasi mehribonlik uyiga topşirilgan. Bu – respublika böyiça bitta tuman miqyosidagi eng katta körsatkiç.
Kam ta'minlangan oila farzandlari aslida bir yilga joylaştiriladi, lekin amalda ular yillar davomida qolib ketişmoqda. Şu sababli, bunday oilalarning farzandlarini, şuningdek, otasi yoki onasi hayot bölgan yetimlarni oilasi bağriga qaytariş çorasini körişimiz kerak. Çunki ota-onasi tirik böla turib, ularning farzandi mehribonlik uyida yurişi xalqimiz uçun uyatli holat hisoblanadi», deydi u.

Dilşod Kenjayev mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilariga ota-ona mehridan boşqa heç narsa kerakmasligi, biroq özlari hayot bölib, farzandini mehribonlik uyiga topşirganlarning asosiy ilinji davlat tomonidan yetimlarga beriladigan imtiyozlarga «iliniş» ekani, lekin amaldagi qonunlarga köra faqat çin yetimlargina uşbu imtiyozlardan foydalanişi mumkinligi, otasi yoki onasi yoxud har ikkisi tirik bölgan tarbiyalanuvçilarga mazkur imtiyozlar tatbiq etilmasligini aytib ötdi.
«Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan, har qança yaxşi şaroitda yaşayotgan bolalarning öziga qöyib berilsa, yegani oldida, yemagani ketida bölsa ham baribir uyimga, ota-onamga ketaman deydi. Çunki oiladagi muhitni, ota-onaning mehrini heç narsa bilan töldirib bölmaydi.












