Özbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘.I.Barnoyevni Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi.

«Öktam Isoyeviç Barnoyev Özbekiston Respublikasi Boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlansin va şu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin», deyiladi farmonda.

27 fevral kuni Qonunçilik palatasi deputatlari Öktam Barnoyev nomzodini boş vazir örinbosari lavozimiga tasdiqlaş masalasini körib çiqqandi.

Öktam Barnoyev muqaddam Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari bölgan, 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigaça Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2016 yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi.

26 fevral kuni prezidentning «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvçi tuzilmasida özgarişlar röy bergan, hujjat bilan boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimi joriy etilgandi.