Toşkentning Çilonzor tumanida yaşovçi 62 yoşli Derbuşeva Natalya Olegovna 2 yoşli nabirasi bilan sayr qilişga çiqib, uyga qaytib kelmagan.

Toşkent IIBB matbuot xizmatida ma'lum qilinişiça, ayol 2 yoşli nabirasi Derbuşeva Alina Dmitriyevna bilan 23 fevral soat 17da Çilonzor tuman, 17-daha, 40-uy, 84-kvartira böyiça joylaşgan uyidan sayr qilişga köçaga çiqib ketib, uyga qaytib kelmagan.

Ayolning taşqi belgilari: böyi 162 sm, soçi qora, közlari kök. U kök rangdagi kurtka, kök jinsi şim va qora krossovkada bölgan. 2 yoşli Alina esa kök rangdagi sport kiyimi hamda qizil krossovkada bölgan.

Içki işlar boş boşqarmasi toşkentliklar va poytaxt mehmonlaridan Natalya Olegovna va uning nabirasini körganlar bölsa, 102, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlari böyiça murojaat qiliş söralgan.

IIBBda odam yöqolgani haqida hayallamay 102 raqami orqali xabar qiliş kerakligi yana bir marotaba eslatib ötilgan.

“Qimmatli vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar yaratişga sarflamang va içki işlar idoralari xodimlari bedarak yöqolganlik haqida ariza olişi uçun göyoki uç kunlik muddat ötişini kutib ötirmang – aslo bunday emas”, deb ta'kidlab ötilgan xabarda.