29 fevral kuni Qatar poytaxti Doha şahrida AQŞ va Afğonistonning «Tolibon» harakati örtasida uzoq kutilgan, afğon xalqiga umumilliy yaraşiş keltirişi mumkin bölgan tinçlik bitimi imzolandi.
Afğoniston Özbekiston tomonidan Markaziy Osiyo mintaqasining ajratib bölmas qismi sifatida köriladi, şu sababli uşbu mamlakatda tinçlik örnatilişi juda muhim. Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişi Afğonistondagi vaziyat barqarorlaşuviga töğridan-töğri boğliq.
Mamlakat rahbari Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2018 yil mart oyida Toşkent şahrida ötkazilgan Afğoniston böyiça oliy maqomdagi konferensiyani Afğonistonning içki sulh jarayonining faollaşuviga Özbekistonning muhim uluşi sifatida tilga oliş mumkin.
Öşa muhim tadbirda Özbekiston va Afğoniston prezidentlari, BMT Xavfsizlik Kengaşi doimiy a'zolari bölgan barça davlatlarning, mintaqadagi mamlakatlarning hamda nufuzli xalqaro taşkilotlarning vakillari iştirok etişgan edi.
Öşanda Toşkent konferensiyasida çiqiş qilar ekan, Özbekiston prezidenti Afğonistondagi mojaroni hal etiş yöllari böyiça aniq strategik qaraşlarini namoyiş etgan edi va Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş böyiça xalqaro sa'y-harakatlarni faollaştirişda dasturilamal bölgan «Toşkentning afğon siyosati»ning asosiy ustuvorliklarini belgilab bergan edi.
Forumning asosiy yakuni Afğonistonda uzoq muddatli tinçlik va barqarorlik örnatişning asosiy prinsiplari böyiça mintaqaviy va global darajada töliq hamfikrlikni mustahkamlagan Toşkent deklaratsiyasining bir ovozdan qabul qilinişi bölgan edi.
Qatar poytaxti Dohada ötkazilgan tadbir iştirokçilari Afğonistondagi tinçlik jarayonida Özbekistonning roli qay darajada bölgani borasida öz fikrlarini bildirişdi.
Jumladan, AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod MTRK muxbiriga şunday dedi:

— Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan ötkazilgan Toşkent konferensiyasi hozirgi amaliy natijalarga erişişda muhim asos böldi. Uşbu konferensiyadan söng AQŞ va «Tolibon» harakatining muzokaralari ötkazildi. Ular şunçaki muzokaralar bölgani yöq. Ularda Afğoniston içki kuçlari örtasida muzokaralar ötkaziş imkonini berdi.













