2019 yil 28 noyabrda “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilingan edi. Hujjatda jismoniy şaxslarga ipoteka krediti berişning zamonaviy bozor tizimini şakllantiriş, uy-joyga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşda manzillilik va şaffoflikni kuçaytiriş maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Jumladan, farmonda kam ta'minlangan va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölganlarga ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplaş uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan subsidiyalar tölanişi belgilangan bölib, 2020 yil 1 martdan boşlab subsidiyalar oliş uçun arizalar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berilişi ta'kidlangan.

Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, farmonda közda tutilgan vazifalar ayrim fuqarolar tomonidan turliça talqin qilinmoqda, bugun ertalabdan aholi vakillari davlat xizmatlari markazlariga yangi uylarga navbatga qöyişni, subsidiya berilişini sörab borgan holatlar kuzatilgan.

“Subsidiyalar (qaytarib bermaslik şarti bilan olinadigan qarz) ma'lum toifadagi fuqarolar uçun uylarni bozor narxida xarid qilişga beriladi. Ya'ni arzon uylarga heç qanday aloqasi yöq.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 103-son qaroriga asosan, 2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi doirasida talabgorlarni tanlaş böyiça tuman (şahar) hokimligi huzuridagi komissiya subsidiya tayinlaş bilan şuğullanmaydi.

Özbekiston prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi 5886-sonli farmoni çiqqani munosabati bilan arzon uy-joylar dasturi yopilgani yöq. Hokimliklar fuqarolarni qabul qilmasliklari böyiça qonunçilikda özgartiriş kiritilmagan. Şu sababdan, bu masalani çalkaştiriş kerak emas.

Arzon uy-joy uçun navbatlar DXMlar orqali özgartirilmaydi, ularning bu masalaga heç qanday aloqasi yöq. Bu böyiça mahalliy hokimiyatlarga murojaat etişi lozim”, – dedi Sevara Zokirova.

Agentlik saytida e'lon qilingan xabarda davlat xizmatlari markazlari orqali yangi uylarga navbatga qöyiş emas, balki sotib olinayotgan uyga dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplaş uçun subsidiyalar beriş xizmati joriy etilişi alohida ta'kidlanadi.

“Farmonda subsidiya tölaş sxemasi körsatib ötilgan. Biroq subsidiya tayinlaş uçun fuqarolar aniq mezonlar doirasida tanlab olinadi va ulardan ariza bilan birga ma'lum hujjatlar jamlanmasini taqdim etiş talab qilinadi. Uşbu mezonlar, aniq muddatlar va tasdiqlovçi hujjatlar jamlanmasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlanişi kerak va şundan sönggina uşbu xizmat töliq işga tuşiriladi.