Joriy yilning 27-29 fevral kunlari «Özbekneftgaz» AJ tomonidan Qaşqadaryo viloyatidagi neftgaz sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar, jumladan Şörtan, Muborak neft-gaz qazib çiqariş boşqarmalari hamda Şörtan gaz-kimyo majmuasiga OAV uçun press-tur uyuştirildi. Unda Kun.uz muxbiri ham iştirok etdi.

Press-turning ilk kunida OAV xodimlari Şörtan neft-gaz qazib çiqariş korxonasiga tegişli bir neçta obektda bölişdi hamda u yerda amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişişdi.

Şörtan neft-gaz qazib çiqariş boşqarmasi – «Özbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvçi, Özbekistonda neft hamda gaz sohasida yetakçi işlab çiqariş korxonalaridan biri hisoblanadi.

Boşqarmaning asosiy işlab-çiqariş faoliyati quyidagilardan iborat:

  • gaz qazib oliş va uni qayta işlaş;
  • neft qazib oliş;
  • barqarorlaşgan gaz kondensati işlab çiqariş;
  • suyultirilgan gaz işlab çiqariş;
  • oltingugurt işlab çiqariş.

Şörtan neft-gaz qazib çiqariş boşqarmasining tabiiy gazni qayta işlovçi asosiy texnologik qurilmalari Boş inşootning 140,27 gektar hududida joylaşgan.

Hozirgi kunda Şörtan neft-gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli 12ta gaz konlari mavjud bölib, ularning 11tasi, «Şörtan», «Janubiy Tandirça», «Buzaxur», «Şarqiy Buzaxur», «Çunağar», «Tarnasoy», «Nomozboy», «Zafar», «Oydin», «Topiçaksoy», «Yormoq» konlaridan gaz hamda gaz kondensati qazib çiqarilmoqda.

«Şörtan» Boş inşooti gazni qayta işlaş qurilmalarida Şörtan neft-gaz qazib çiqariş boşqarmasiga qaraşli gaz konlaridan taşqari «Gissarneftegaz», «Epsilon Development Company» hamda «Lukoyl-Uzbekistan Opereyting Kompani» MÇJ qöşma korxonalari tomonidan yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ham qayta işlanadi.

2019 yilda «Özbekneftgaz» AJ umumiy reja körsatkiçlari bajarilişida Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasining uluşi quyidagilardan iborat böldi:

  • gaz qazib çiqariş böyiça – 26,8 %ni;