Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMK O‘zbekistonga to‘lov tizimi zamonaviy standartlarini joriy etishda yordam ko‘rsatadi
Markaziy bankda to‘lov tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 2 mart kuni Markaziy bankda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, uchrashuvda naqd pulsiz to‘lovlar hamda ularni tartibga solish, shuningdek, elektron pullar emitentlarini nazorat qilish tizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
XMK vakillari O‘zbekistonda to‘lov tizimining zamonaviy standartlarini joriy etishda, fintex kompaniyalarining mahalliy bozorga kirishlarini erkinlashtirish borasida texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Bundan tashqari, Markaziy bankning tegishli departamentlari va XMK vakillarining moliyaviy xizmatlar iste'molchilarini masofadan turib identifikatsiya qilish, mamlakatdagi to‘lov tizimi holati, bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimi va amaldagi to‘lov tizimida xizmatlar turini kengaytirish masalalarida amaliy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
13:46
2025 yilda uy-joy narxlari pasaydi, oldi-sotdi ko‘paydi - Markaziy bank tahlili
19:08 / 07.07.2026
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
22:36 / 04.07.2026
Soliq organlari to‘lov jarayonlariga aralashmasligi ma’lum qilindi
19:43 / 04.07.2026