Bugun, 4 mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumanida faollar yiğilişi bölib ötdi.

Unda viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov va prezident maslahatçisi örinbosari Qahramon Quronboyev iştirok etdi.

Yiğilişda tuman hokimi Erkinjon Abdullayeviç Yakubov işdan olingan. U 2017 yilning iyulidan buyon tumanga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Böston tumanining (sobiq Böz) sobiq hokimi Inomjon Solijonoviç Mamadaliyev Asaka tumaniga yangi rahbar etib tayinlangan.

Inomjon Mamadaliyev

Inomjon Mamadaliyev 1975 yil 24 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanida tuğilgan. 1997 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan, ma'lumoti böyiça mutaxassisligi - jurnalist.

U muqaddam Asaka şahar IIB huquqbuzarliklarni oldini oliş guruhi katta inspektori, Asaka şahar IIB boşliğining şaxsiy tarkib bilan işlaş böyiça örinbosari, IIB huquqbuzarliklarni oldini oliş boşqarmasi boşliği bölib işlagan. 2014 yil 13 maydan Asaka tumani hokimining birinçi örinbosari - Asaka şahar hokimi sifatida işlagan, 2018 yilning avgustida hozirgi Böston (öşa vaqtda Böz) tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Bundan avvalroq Sadbarxon Ne'matjonovna Mamitova Böston tumanining yangi hokimi etib tasdiqlangandi.