Migrantlar va qoçqinlar kimlarningdir geosiyosiy öyinlari uçun qurolga aylanmasligi kerak, dedi Gretsiya boş vaziri Kiriakos Mitsotakis.  

"Bu hukumat çegaralarni mudofaa qiliş borasida boşqa siyosat olib bormoqda. Migrantlar va qoçqinlar geosiyosiy öyinlar vositasi sifatida foydalanilmasligi borasida aniq aytmoqdamiz. Ular bunday siyosatning haqiqiy qurbonlari. Bunday yondaşuvni qabul qilib bölmaydi", - dedi Mitsotakis.

Uning sözlariga köra, Gretsiya xalqaro va Yevropa huquqlari doirasida harakat qilmoqda.

"Gretsiya çegarasida yuz berayotgan voqealar birinçi darajadagi muhim ahamiyatga ega xalqaro siyosiy muammo hisoblanadi", - dedi Gretsiya boş vaziri.

"Aytadigan gapimiz aniq: "Gretsiyaga noqonuniy kirişga urinmang, bunga erişolmaysiz va bu işingiz uçun tölaligiça javobgar bölasiz", - dedi u.

U Turkiya Gretsiya çegarasiga jönatayotgan minglab noqonuniy migrantlar Gretsiya xavfsizligiga asimmetrik tahdid uyğotişini aytdi.

"Turkiya öz talablarini qondiriş uçun minglab odamlarni çegaraga jönatmoqda. Afsuski, Turkiya rasman migrantlar kontrabandaçisiga aylandi", dedi u.

Avvalroq Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoq Gretsiyaga migratsion inqiroz fonida 700 million yevro miqdorida yordam ajratişga tayyorligini ma'lum qilgandi.