Özbekistonda Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kiriş böyiça idoralararo komissiya tuzildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri respublika Taşqi savdo vaziri örinbosari Sohib Saifnazarovga asoslangan holda xabar bermoqda. 

«Taşqi savdo vazirligi rahbarligida Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kiriş böyiça  idoralararo komissiya tuzildi. Muzokaralar guruhlariga rahbarlar tayinlaş böyiça iş olib borilmoqda. Jyenevada Özbekistonning Jahon savdo taşkilotidagi doimiy vakili lavozimi tiklanadi», – degan Saifnazarov Toşkentda Jahon savdo taşkiloti va Jahon banki ekspertlari iştirokidagi xalqaro seminardagi çiqişi vaqtida. 

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, JSTga a'zolikning muayyan yönalişlar va iqtisodiy sektorlarga ta'sirini baholaş bilan şuğullanuvçi 8ta kiçik guruh tuzilgan. 

Saifnazarovning işonç bildirişiça, Özbekiston savdo sohasini liberallaştirişni öz oldiga maqsad qilgan, JSTga a'zo böliş esa – mamlakatni rivojlantiriş yölidagi muhim qadamlardan biri böladi.

U bu yönalişdagi asosiy qadamlardan biri sifatida 2017 yilning sentyabrida valuta konvertatsiyasi oçilişini eslab ötgan. U bu islohot tufayli «taşqi savdo faoliyati taraqqiyoti uçun muhim turtki bölgani va mamlakat qarşisida yangi eşiklar oçilgani»ni ta'kidlab ötgan. 

«Soliq tizimini isloh qiliş böyiça işlar davom etmoqda, şuningdek, bojxona tizimidagi qonunçilik qayta körib çiqilmoqda. Bundan taşqari, eksport böyiça barça çeklovlar olib taşlandi, oldindan tölovsiz eksport qiliş tartibi joriy qilindi», – deya qayd etgan Saifnazarov. 

Uning qöşimça qilişiça, 2017 yilda taşqi savdo böyiça çeklovlar bekor qilinişi evaziga 1000dan ortiq yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb etilgan. 118dan ortiq yangi tovarlar eksporti yölga qöyilgan, mahsulotlar yetkazib beriliş geografiyasi yangi 62ta bozor nuqtasi hisobiga kengaygan. 

Jahon savdo taşkiloti mamlakatlar örtasidagi özaro savdo muloqotlarini ötkaziş va bu boradagi nizolarni hal etiş imkoniyatini beruvçi  global maydon hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoning 164 ta davlati unga a'zo. BMT mamlakatlar örtasidagi siyosiy munosabatlarni, Jahon savdo taşkiloti esa ular örtasidagi savdo munosabatlarini tartibga soladi.  

Bugungi kunda Özbekiston Jahon savdo taşkilotda kuzatuvçi sifatida qatnaşib keladi.

Özbekiston JSTga a'zo bölib kiriş uçun 1994 yilda ariza bergan. Bugungi kungaça uşbu masalada işçi guruhlarning 3ta yiğilişi ötkazilgan. Bunday yiğilişlarning oxirgisi 2005 yilda bölib ötgandi.