Joriy yilning yanvar oyida investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari B. Abidov boşçiligidagi Özbekistonning Jahon savdo taşkiloti (JST)ga kiriş böyiça muzokaralar guruhining JSTga kirişi böyiça işçi guruhining 4-yiğilişini taşkil etiş bilan boğliq bölgan masalalarni örganiş maqsadida Jyeneva şahriga (Şveytsariya) taşrif buyurdi.
Taşrif doirasida JST kotibiyatining rahbariyati va bölinmalari, taşkilotga a'zo mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, şuningdek, uning mintaqaviy guruhlari rahbarlari bilan 16 uçraşuv bölib ötdi. Şuningdek, xalqaro ekspertlar iştirokida Özbekistonning xizmatlar bozoriga kiriş böyiça spetsifik majburiyatlar röyxatini tayyorlaş böyiça maslahatlaşuv taşkil etildi.
Bundan taşqari, BMT/JST Xalqaro savdo markazi va YuNKTAD vakillari bilan uşbu taşkilotlarning ekspertlarini, keyinçalik JSTga taqdim etiş uçun zarur hujjatlarni tayyorlaş maqsadida, jalb qiliş, şuningdek tegişli seminarlarni taşkil etiş orqali özbekistonlik mutaxassislarni xalqaro savdoning turli masalalarida malakasini oşiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş böyiça uçraşuvlar ötkazildi.
Muzokaralar yakunida Özbekistonning JSTga a'zo bölişi böyiça işçi guruhining 4-yiğilişini 2020 yilda Jyenevada ötkaziş uçun zarur bölgan hujjatlarni töplaş va tayyorlaş böyiça çora-tadbirlar, şuningdek uşbu yönalişdagi hamkorlik doirasida keyingi qadamlar işlab çiqildi.

















