BMT sobiq rahbarining öğli RPP radiosi orqali öz otasi Perudagi uyida vafot etgani töğrisida xabar qilgan. Xaver Peres de Kuelyar jahondagi eng keksa siyosatçilardan biri edi.
U ikki muddat davomida - 1982 yildan 1991 yilga qadar BMT boş kotibi bölib işlagan. Faoliyati davomida Peres de Kuelyar Lotin Amerikasi, Afrika, Osiyo va Yaqin Şarqda qator muhim kelişuvlar imzolanişiga erişgan.
Uning muhim yutuqlaridan biri sifatida 1988 yilda Eron va Iroq 8 yillik qurolli nizodan keyin öt oçişni töxtatişiga olib kelgan muzokaralar hisoblanadi.

BMTning hozirgi boş kotibi Antoniu Guterriş Peres de Kuelyarning ölimi töğrisidagi xabardan «çuqur qayğuda» ekanini bildirgan. «U tajribali davlat arbobi, sadoqatli diplomat edi va uning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti hamda butun dunyoda obrösi katta edi», degan u.
Öz navbatida Peru prezidenti Martin Viskarra tvitterdagi sahifasida Peres de Kuelyarni butun umrini işga baxşida qilgan «çin demokrat» deb atagan.

Yurist va diplomat
Peres de Kuelyar Limadagi Katolik universitetda huquqni örgangan, keyin Peru Taşqi işlar vazirligida diplomatlik faoliyatini boşlagan.
U Yevropa va Lotin Amerikasidagi köplab mamlakatlardagi elçixonalarda işlagan, BMTning 1946 yilgi ilk yiğilişida Peru delegatsiyasi safida iştirok etgan.
1974 yilda Turkiya Kiprga bostirib kirganidan keyingi Turkiya va Gretsiya örtasidagi tinçlik kelişuvi imzolanişida u BMT Xavfsizlik Kengaşining maxsus vakili bölgan.
1982 yilda esa BMT boş kotibiga aylanadi. Peres de Kuelyar AQŞ va SSSR örtasidagi sovuq uruş avjiga çiqqan yillarda BMTga rahbarlik qiladi.
U 1991 yilda, öz vakolati muddatining oxirgi yilida Ğarbiy Sahroi Kabirdagi harbiy harakatlar, Salvador, Kamboja va Nikaraguadagi fuqarolik uruşlariga çek qöyilişiga erişadi.
1995 yilda u Peru prezidentligi uçun saylovda nomzod bölgan, ammo faqat 22 foiz ovoz olib, Alberto Fuximoriga yutqazgan.













