Bu haqda NTV naşri xabar berdi. Erdöğan buni matbuot anjumanida AQŞning Suriya böyiça maxsus vakili Jyeyms Jyeffrining bayonotiga izoh beriş vaqtida aytgan. Avvalroq Jyeffri Vaşington Turkiyaga NATO böyiça ittifoqdoşi sifatida öq-dori berişga tayyorligini aytgan.
Erdöğan Idlibda olib borilayotgan “Bahorgi qalqon” harbiy amaliyoti borişiga izoh berib, uning davlati bu ixtilofda yöqotişlarga uçrayotganini tan olgan, biroq “bu yöqotişlar Suriyaniki bilan taqqoslaganda juda kiçikligini” aytgan. Turkiya prezidentining ta'kidlaşiça, “Turkiya jang qila oladi, biroq uruşga intilmaydi”.
Erdöğan, şuningdek, 5 mart kuni Rossiya prezident Vladimir Putin bilan ötadigan muzokaralardan nimalar kutayotgani borasida bölişdi. Uning aytişiça, birinçi vazifa Idlibda öt oçişni töxtatiş hisoblanadi. “Hozirça Rossiyadan biror-bir taklif bölmadi. Muzokaralardan keyin Putin bilan matbuot anjumani ötkazamiz. Men bilan Rossiyaga bir guruh jurnalistlar yöl oladi, şu sababli heç qanday sirlar bölmaydi”, deb aytgan Turkiya yetakçisi.
Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar 20 fevralda AQŞ Turkiyaga havo hujumiga qarşi batareya jönatganini, Anqara şuningdek Patriot zenit-raketa majmuasini olişi mumkinligini ma'lum qilgan.
Idlibdagi vaziyat yanvarda Suriya muxolifati otryadlari turk armiyasi kömagida Idlib şarqiga hujumni boşlaganidan keyin keskinlaşib ketgan. Şundan keyin Anqara va Damaşq bir-birining pozitsiyalariga zarbalar bera boşlagan.













