Moliya vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari huzuridagi Avtomobil yöllarini rivojlantiriş maqsadli jamğarmalari töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Moliya vaziri bir hafta muddatda Moliya vazirligi markaziy apparati hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari boşqaruv xodimlarining belgilangan çeklangan soni doirasida:
Moliya vazirligi markaziy apparatida 10 ta ştat birligidan iborat Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllarini rivojlantiriş maqsadli jamğarmasi mablağlarini boşqariş boşqarmasini;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari tuzilmasida 2 ta ştat birligidan iborat Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari moliya boş boşqarmalari huzuridagi Avtomobil yöllarini rivojlantiriş hududiy maqsadli jamğarmalar mablağlarini boşqariş sektorlarini taşkil etadi.
Belgilab qöyilişiça, “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyatining “Köprikquriliş” tresti” UK tarkibidagi “Avtomobil yöllari köpriklarini, yöl ötkazgiçlar va boşqa sun'iy inşootlarni quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” UK va “Toşkent şahar mintaqaviy yöllarga buyurtmaçi xizmati” DUKning quriş-ta'mirlaş işlari boşlangan va yakuniga yetmagan obektlar böyiça buyurtmaçi funksiyasi 2020 yil yakuniga qadar saqlab qolinadi.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi ikki oy muddatda:
Hududiy jamğarmalarga avtomobilga yonilği va gaz quyiş stansiyalari tomonidan avtomobil benzini, dizel yoqilğisi, suyultirilgan va siqilgan gazni oxirgi iste'molçilarga realizatsiya qilişda yoqilği birligi uçun 25 sömdan ortiq bölmagan miqdorda mintaqaviy yöllarni rivojlantirişga maxsus yiğimlardan tuşadigan mablağlar hisobini yuritiş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomni;
Içki işlar vazirligi bilan birgalikda transport vositasi dvigatelining quvvatidan kelib çiqib, avtotransport vositasiga egalik qiliş uçun yillik yiğimdan tuşadigan mablağlar hisobini yuritiş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.












