Ukraina oliy radasi prezident Vladimir Zelenskiyning boş vazir lavozimiga Denis Şmigalni tasdiqlaş taklifini qöllab-quvvatladi. Avalroq, 4 mart kuni boş vazir lavozimini egallagan Aleksey Gonçaruk iste'foga jönatilgandi.
45 yoşli Şmigalning nomzodi uçun 291 deputat ovoz bergan, 59 deputat qarşi çiqqan, 49 deputat betaraflik bildirgan.
Şmigal 5 fevraldan boşlab boş vazir örinbosari hamda jamoalar va hududlarni rivojlantiriş vaziri lavozimlarini egallab kelgan. Bungaça u Ivano-Frankovsk oblastiga rahbarlik qilgan.
Ukraina qonunçiligiga köra, yangi boş vazirni 226 deputat qöllab-quvvatlaşi kerak.
Şmigal rada deputatlari oldidagi nutqida u boşçilik qiladigan hukumatning birinçi vazifalaridan biri 2020 yilgi budjetni qayta körib çiqiş bölişini aytgan.
Öz navbatida muxolifat vakillari Şmigalning boş vazir lavozimiga tasdiqlanişini tanqid qilib, “hokimiyatning yangi tajriba ötkazişga urinişi” deb aytişgan.












