Har bir inson uzoq iş faoliyati davomida sayohat qilişni xohlaydi. Ayniqsa bu sayohat öz yaqinlari, oilasi, hamkasblari, döstlari bilan bölsa unutilmas onlarga boy böladi. Rost, şunday kunlar butun umr yodda qoladi.

«Kasaba Samarqand» UK sayyohlik agentligi yurtimiz aholisiga bunday imkoniyatni taqdim etib kelmoqda.

«Bizning «Kasaba Samarqand» UK sayyohlik agentligimiz Samarqand viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi kengaşi qoşida taşkil etilgan bölib, Özbekiston böylab öz xizmatlarimizni  taqdim etmoqdamiz. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toşkent, Şaxrisabz, Farğona vodiysi va boşqa tarixiy şaharlariga uyuştiriladigan qiziqarli sayohatlar, diqqatga sazavor joylarga ekskursiyalar, muqaddas joylarimizga ziyoratlar, köngil oçar dasturlar çinakam maroqli bölyapti. Şuningdek, toğ va toğoldi, suv böyi hududlarida joylaşgan Zomin, Çimyon, Amirsoy, Aydarköl, Çorvoq va şu kabi dam oliş oromgohlariga boruvçi sayohatçilarimiz ham köp. Arzon narx va sifatli xizmat bunga asos bölmoqda.

Sayohat davomida zamonaviy transportlar, mehmonxonalar, oşxonalar va malakali gid-ekskursovodlar xizmat körsatadi. 

Hozirgi kunga kelib, sayyohlik agentligimiz respublikamizning köplab kasaba uyuşmalari, taşkilot va muassasalar, oliy öquv yurtlari bilan hamkorlikda işlab kelmoqda. Ular öz mehnat jamoalarini madaniy hordiq çiqariş maqsadida yurtimiz böylab sayohatlarga olib çiqmoqdalar. Şuningdek, mahallalardagi faollar, xotin-qizlar qömitalari agentligimizning xizmatlaridan doimiy foydalanib kelyapti», - deydi agentlik direktori Abbos Hazratqulov.

Samarqand viloyati kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi kengaşi taşabbusi bilan 2020 yilning 1 mart kuni bir vaqtning özida Samarqand viloyatidagi tuman va şaharlarda, olis qişloqlarda turli sohalarda faoliyat körsatayotgan 675 nafar xotin-qizlar uçun «Muqaddas ayol» nomli sayohat dasturi taşkil etildi. Uning doirasida sayohatçilar Samarqand şahrida joylaşgan tarixiy obidalar bilan tanişdi. Dastur sönggida Samarqand şahridagi «Diyora» bazmgohida bayram tadbiri ötkazildi va sayohatçilar uçun bayram dasturxoni yozildi.

Ta'kidlanişiça, sayohat narxi sayohatçilar soniga qarab belgilanadi. Ularning soni qançalik köp bölsa, narx ham şunça arzon böladi. Öttiz beş va undan ortiq kişilik guruhlar uçun qöşimça imtiyozlar beriladi.