10 mart kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Markaziy apparati yiğilişi bölib ötdi.

Unda taşkiliy masala körilib, Jamoldinova Odinaxon Rasulovna Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşiriş, davlat tili töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini ta'minlaş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati vakilining Kun.uz`ga ma'lum qilişiça, Odinaxon Jamoldinova vazir örinbosari Uzoqboy Begimqulov tomonidan jamoaga taniştirilgan hamda uning yangi vazifalari haqida tuşuntiriş berilgan.

Unga köra, yangi maslahatçi endilikda OTMlarda özbek tili kafedralari faoliyatini yölga qöyiş, mavjudlarini esa jonlantiriş, şuningdek, sohada işlab çiqilayotgan öquv-metodik adabiyotlarda til me'yorlariga amal qilinişini ta'minlaş işlariga mas'ul böladi.

Ma'lumot uçun, Odinaxon Jamoldinova 1970 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1992 yilda Toşkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U faoliyati davomida Jizzax davlat pedagogika instituti, Toşkent davlat pedagogika universiteti, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati va boşqa taşkilotlarda turli lavozimlarda işlagan.

2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan.