Karantin davrida OTMlar talabalari uçun masofaviy tarzda taşkil etilgan ta'limda iştirok eta olmagan talabalar uçun yoz oylarida alohida öquv maşğulotlari taşkil etiladi.
https://ok.ru/videoembed/1538349927103
Yangi öquv yili qabul jarayonini taşkil etiş bilan boğliq masalalar böyiça ötkazilgan brifingda şu haqda ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov mazkur jarayon qanday taşkil etilişini izohladi.
«Iyun oyi oxirida barça OTMlarda öquv jarayonlari yakunlanadi. Hozirda masofaviy ta'limda iştirok eta olmagan talabalar röyxati şakllantirilmoqda. Iyul-avgust oylarida ular uçun öquv maşğulotlari taşkil qilinadi.
Talaba «yaşil» hududda bölsa, OTMga çaqirtirilib joylaştiriladi, pedagoglar tomonidan tarqoq holda darslar ötiladi.
Talaba «qizil» zonada bölsa, universitet yoki tumandagi kollejlar orqali kompyuterdan foydalaniş, internetga kiriş uçun imkoniyat yaratib beriladi. Ular bilan töğridan töğri emas, masofaviy tarzda maşğulotlar olib boriladi», – dedi Majidov.
Vazir talabalar turar joylarining foydalanilmagan davri uçun tölov masalasiga ham töxtaldi.
«Talabalar turar joyidan karantin davrida foydalanilmagani bois şu davr uçun qilingan tölov qaytarib beriladi. Agar talaba keyingi öquv yilida ham talabalar turar joyida yaşaşni istasa, yaşalmagan davr uçun mablağni keyingi yilga ötkazib yuborişi ham mumkin», – dedi u.












