2021 yilning dastlabki kunlarida Özbekiston hukumatida yana bir vazir almaşişi mumkin.

Kun.uz manbalariga köra, şu kunlarda oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidovni lavozimidan ozod etiş masalasi muhokama qilinmoqda. U faoliyatini OTMlardan birining rektori sifatida davom ettirişi mumkin.

Bu haqdagi ma'lumotni vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga tasdiqlamadi; şu bilan birga, rasmiy yangilik bölgan taqdirda, bu haqda ma'lum qilinişi qöşimça qilindi.

 Manbalarga köra, oliy ta'lim vaziri lavozimiga bir neça nomzodlar, xususan Termiz davlat universiteti rektori, senator Abduqodir Toşqulov va Özbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Marahimov nomzodlari körib çiqilmoqda.

Abduqodir Toşqulov / Foto: Kun.uz

Avvalroq, Kun.uz öz manbasiga tayangan holda oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari Öktam Salomov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qilgandi. Vazirlik matbuot xizmati buni tasdiqladi. Hozirça tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Salomov Farğona politexnika institutiga rektor bölişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va örta maxsus ta'lim vazirining birinçi örinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat körsatmoqda.

Abduqodir Toşqulov 2016 yil söngidagi saylovlar arafasida prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi işonçli vakili bölgandi. U 2017 yil sentyabrida Termiz davlat universitetiga rektor bölgan, bir yil ötib Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Senat a'zosiga aylangandi.