Bugun, 2 may kuni AOKAda ötkazilgan brifingda Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov joriy yil alohida iqtidor talab qiladigan yönalişlar uçun imtihon qay tartibda ötişi haqida ma'lumot berdi.
«Alohida iqtidor talab qiladigan yönalişlar uçun kiriş imtihonlari ijodiy imtihonlar tarzida ötkaziladi. Ularning ötkazilişi tartibida özgarişlar böladi.
Avvalo, abituriyentga ijodiy imtihon topşirişi uçun oliy öquv yurtiga faqat bir marta kelib-ketiş talabi qöyiladi. Oldingi yillarda esa imtihon topşiriş uçun bir neça marta kelib-ketiş talab qilinar edi», - deya qayd etdi Inom Majidov.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining ta'kidlaşiça, ijodiy imtihon tarkibida neçta topşiriq bölişidan qat'i nazar, abituriyentlar bir kunda hammasini topşirişi kerak böladi. Imtihon oliş davomiyligi ham imkon darajasida qisqartiriladi. Lekin bu qöyiladigan talabga ta'sir etmagan holda böladi.
«Ayrim yönalişlarda abituriyentlar ham ijodiy, ham test topşiriqlarini bajarişi kerak böladi. Alohida iqtidor talab qiladigan aksar yönalişlarda esa faqat ijodiy imtihon topşiriladi. Lekin har ikkala holatda ham imtihonlarni ötkaziş muddatiga hozirça özgartiriş kiritilgani yöq», - deya qöşimça qildi Inom Majidov.













