Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a'zosi Maqsud Qurbonboyev UzAuto Motors mutasaddilaridan avtomobil narxlarining oşirilişi yuzasidan tuşuntiriş söradi. Bu haqda Qonunçilik palatasi xabarida aytilgan.

“Birinçidan, nega UzAuto Motors na saytida, na biror bir boşqa ommaviy axborot vositalarida narxlari oşganini rasmiy xabar va tuşuntiriş tarzida ma'lum qilmayapti? Xuddi ayb iş qilayotgandek, saytning içki qismidagi narxnomani imi-jimida yangilab qöyiş e'lon qilişga kirmaydi.
Ikkinçidan, xöp narxlar oşişga oşibdi. Biroq nima sababdan, umumiy qilib qaysi omillar tufayli oşganini iste'molçi bilişga haqqi bormi yoki yöqmi?
Uçinçidan, nega aynan xalqimiz orasida eng talabgir hamda “ekonom” hisoblangan Damas, Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti kabi avtomobillar narxi oşirilmoqda. Oylikka qarab qolmagan, nisbatan öziga töqlar xarid qiladigan Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari esa özgartirişsiz qolmoqda. Yoki bu “Kambağalni tuyani ustida ham it qopadi” naqlining amaldagi ifodasimi?
Törtinçidan, oşirilgan narxlar eksportga çiqarilayotgan maşinalarga taalluqlimi? Özi nima uçun UzAuto Motors hanuzgaça eksportga içki bozordan ança arzon narxda avtomobil sotmoqda. Misol uçun bizda 30 000 ming AQŞ dollaridagi Malibu 2, boşqa davlatlarda ikki barobar arzon narxlarda sotilmoqda. Agarda buni valuta oqimini köpaytiriş bilan deb izohlamoqçi bölsangiz, boşqa yangiroq bahona toping, hozir banklarimizda istagança valuta xarid qilişingiz mumkin.
Beşinçidan, mamlakatimiz içki bozorida hamyonbop avtomobillar sotuvi böyiça boşqa davlatlar avtomobillari sotuvi yildan yilga oşib borayotgan bir şaroitda mahalliy işlab çiqaruvçimizning narxlarni oşiriş töğrisidagi qarori qaysi bozor qonuniyatlariga töğri keladi? Bu oçiqdan-oçiq bozorni qolganlarga böşatib qöyişga harakatga öxşab körinmayaptimi? Yoki sun'iy ravişda kasodga (bankrot) uçratiş nazarda tutilganmi, agar unday bölsa 20,0 ming yaqin işçilar, qoraközlarimiz taqdiri nima böladi?











