Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanişi böyiça retseptlarni rasmiylaştiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Davolaş-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilaştirilgan, Özbekistonda röyxatdan ötkazilmagan dori preparatlari va tibbiy buyumlar, şuningdek Özbekistonda röyxatdan ötkazilgan dori vositalarining ğayriqonuniy nusxalarini qabul qiliş, saqlaş va qöllaş taqiqlanadi.
Mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar davolaş-profilaktika dori vositalarini xalqaro patentlanmagan nomlanişi böyiça rasmiylaştirişi, dori vositalar va tibbiy buyumlarni qabul qiliş, saqlaş va bemorlarning dori preparatlarini qabul qiliş va qöllaş böyiça nazorat Soğliqni saqlaş vazirligi dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomalasini tartibga soliş boşqarmasi va uning viloyatlardagi bölinmalari tomonidan amalga oşiriladi.
Mulkçilik şakli va idoraviy mansubligidan qat'i nazar davolaş-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda bemorga retsept bilan beriladigan dori vositalarini retsepsiz rasmiylaştiriş taqiqlanadi.
Bemorga tayinlangan dori preparatlari (dori preparatlarining xalqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qiliş yoki yuboriş usuli, miqdori, davomiyligi va boşqalar) uning tibbiy hisob hujjatlari (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasida) qayd qilinadi va bevosita davolovçi şifokor tomonidan imzolanadi.
Dori preparatlari, şu jumladan, dorixonalarda ekstemporal usulda tayyorlanadigan dori preparatlari va tibbiy buyumlarini davolovçi şifokor tomonidan öz imzosi bilan tasdiqlangan qoğoz körinişidagi retsept blankida va/yoki davolovçi şifokorning öz elektron imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat şaklidagi retsept körinişida bemor nomiga rasmiylaştiriladi.
Davolaş-profilaktika muassasalarida bemorlarga dori preparatlarini tayinlaş taşxis va davolaş standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlaş orqali kasallikning turi, oğirligi va xususiyatiga hamda bemorning yoşini hisobga olgan holda davolovçi şifokor tomonidan amalga oşiriladi.
Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi davolaş-profilaktika muassasasining bölim mudiri yoki navbatçi şifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelişilişi lozim:
bemorga bir vaqtning özida beş va undan ortiq dori vositalari (dori vositasining turidan qat'i nazar) tayinlanganda;
Mavzuga oid
asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bölganda;
dori vositalarining xavfli kombinatsiyalari mavjud bölganda.
Uşbu hollarda tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hujjatlarida qayd etilişi va uşbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovçi şifokor hamda mazkur bandning birinçi xatboşisida körsatilgan şaxslar tomonidan ham imzolanişi lozim.
Davolovçi şifokor davolaş-profilaktika muassasalarida statsionar şaroitda davolanayotgan bemorga uşbu muassasada mavjud bölmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayinlaşi mumkin.
Tibbiy körsatmalar bölgan holatda (hayotiy körsatmalari böyiça, individual kötara olmaslik) Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan taşxis va davolaş standartlariga kirmagan, uşbu muassasada mavjud bölmagan dori vositalarini konsilium asosida tayinlanadi va tibbiy hujjatlarda qayd etiladi.
Davolaş-profilaktika muassasasining davolovçi şifokori tomonidan dori preparatlari retsept asosida tayinlanganda, retseptda şifokorning farmatsevt xodimga dori preparatining tarkibi, şakli, uni tayyorlaş va beriş haqidagi yozma körsatmasi lotin yozuvida, dori preparatlarini qöllaş usuli esa özbek yoki rus tilida körsatilişi şart. Zarur hollarda malakali tarjimani ta'minlagan holda bemor tuşunadigan boşqa tilda yozilişi lozim.
Retsept bemorga uning yoşi, dori preparatini xalqaro patentlanmagan yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori preparatlari uçun savdo nomi, dori preparati ekstemporal usulida tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvçi dori preparatlarining nomlari, şuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qiliş vaqti va davomiyligi, oziq-ovqat bilan özaro ta'sirlaşuvçi dori preparatlari (ovqatdan oldin, ovqatlaniş vaqtida, ovqatdan keyin) körsatilgan holda retsept blankiga muvofiq beriladi.
Bunda retseptda tayinlangan dori preparatlari (dori preparatlarining xalqaro patentlanmagan nomi, bir kunlik dozasi, qabul qiliş yoki yuboriş usuli, miqdori, davomiyligi va boşqalar) retseptning yirtma koreşogida ham bir-biridan farqlanmaydigan holatda körsatilişi şart.
Davolovçi şifokor tomonidan davolaş-profilaktika muassasalarida statsionar şaroitda davolanayotgan bemorga retseptda oziq-ovqatlar bilan özaro ta'sirlaşuvçi dori preparatlari (ovqatlanişdan oldin, ovqatlaniş vaqtida, ovqatlanişdan keyin) qöllanilişi böyiça ma'lumotlar körsatilmasligi mumkin
Davolanayotgan bemor (bemorning qarindoşlari yoki uning soğliğidan xabar oluvçi boşqa şaxslar)ga dori vositalari va/yoki tibbiy buyumlariga retsept berilganligi haqidagi ma'lumotlar uning tibbiy hujjatlarida qayd etiladi.
Davolovçi şifokor tomonidan quyidagi holatlarda dori vositalariga retsept rasmiylaştirilişi taqiqlanadi:
mijozning tibbiy körsatmasi bölmagan holatlarda;
Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilmagan dori preparatlariga Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilmagan dori preparatlariga (bundan orfan dori vositalari va tibbiy buyumlari mustasno);
faqat davolaş-profilaktika muassasalarida qöllaşga möljallangan dori preparatlari, şu jumladan narkoz vositasi sifatida işlatiladigan dori preparatlariga;
davolaş-profilaktika muassasalarida dori preparatlari va tibbiy buyumlarni tayinlaş tartibi töğrisida Nizomning 5-ilovasiga muvofiq “Bir-biriga nomutanosib dori vositalari röyxati”da körsatilgan dori vositalariga.
Retsept yozişda davolovçi şifokor “Asosiy retseptura qisqartmalari”dan foydalanişi mumkin.
Retseptda aynan qanday dori preparati yozilganligini aniqlaşda adaştiruvçi ingrediyentlarning nomiga yaqin qisqartmalarni yozişga yöl qöyilmaydi.
Har bir davolaş-profilaktika muassasasidagi davolovçi şifokorlarga retsept blanklari uşbu muassasa rahbarining buyruği bilan tayinlanadigan javobgar şaxs tomonidan, dam oliş va bayram kunlari hamda tungi vaqtlarda esa davolaş-profilaktika muassasasining mas'ul navbatçi şifokori tomonidan beriladi.
Şifokorlarga beriladigan retsept blanklarining hisobi “Davolaş-profilaktika muassasalarida retsept blanklarini berişni qayd qiliş jurnali”ga muvofiq yuritiladi.
Retsept Soğliqni saqlaş vazirligi tizimidagi davolaş-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda ularning yuqori qismi çap burçagida davolaş-profilaktika muassasasining nomi va manzili tegişli ştamp qöyilgan holda körsatilişi, xususiy davolaş-profilaktika muassasalari tomonidan berilganda esa qöşimça ravişda retseptning yuqori qismi öng burçagida uşbu muassasaning faoliyat körsatişi böyiça berilgan litsenziyaning tartib raqami, berilgan sanasi va amal qiliş muddati ham körsatilişi lozim.
Retseptda "Içiş uçun", "Ma'lum", "Qoida tariqasida" va boşqa şu kabi belgilardan foydalaniş man etiladi.
Ekstemporal dori preparatlari uçun retsept rasmiylaştirilişida qattiq va soçiluvçan dori moddalari grammlarda (0,001; 0,5; 1,0), suyuq dori moddalarining miqdori millilitr, tomçilarda körsatiladi.
Retsept blankida körsatilgan kataklar aniq va tuşunarli tarzda töldirilişi, unda öçiriş va tuzatişlarga yöl qöyilmasligi lozim.
Bemorga dori preparatlari va tibbiy buyumlarini şoşilinç yoki zudlik bilan beriş zarur bölgan taqdirda, retsept blankining yuqori qismiga «cito» (şoşilinç) yoki «statim» (zudlik bilan) belgisi qöyiladi. Şu kabi belgilar elektron retseptda ham joylaştiriladi.
Tayyor dori preparati uçun qoğoz körinişidagi retsept yoki elektron retseptlar rasmiylaştirilganda ularning miqdori dori preparatini qöllaş böyiça yöriqnomasiga muvofiq bölişi kerak.
Retsept davolovçi şifokorning imzosi va şaxsiy muhri bilan tasdiqlanişi lozim. Bunda davolovçi şifokor şaxsiy muhrining taşqi aylana diametri 20 mm, kiçik aylana diametri 10 mm, aylanalar orasidagi masofa 3 mm va kiçik aylana içidagi çiziq uzunligi 8 mm bölişi hamda katta aylana içida davolovçi şifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi, kiçik aylana içidagi çiziqda "şifokor" sözi yoziladi.
Qoğoz körinişidagi retsept va/yoki elektron retseptlar ular rasmiylaştirilgan kundan boşlab 30 kun mobaynida amal qiladi.
Kasalligi surunkali bölgan bemorlar uçun ambulatoriya şaroitida kasalliklarning xalqaro tasnifi röyxatiga kiritilgan dori preparatlari hamda asosiy farmakologik ta'sirga köra anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori preparatlariga retsept berilganda, davolovçi şifokor tomonidan istisno tariqasida retseptda ularning 60 kunlik davolaş kursiga yetarli miqdori, qolgan tayyor dori preparatlariga esa 90 kunlik davolaş kursiga yetarli miqdori körsatilişi mumkin. Bunda retseptda dorixonadan dori preparatlarini beriş davriyligi (har hafta, har oy va boşqalar) körsatilişi şart.
Qoğoz körinişidagi retsept qöşimça «Maxsus maqsadlar uçun» yozuvi bilan davolovçi şifokor tomonidan imzolanadi, elektron retseptlarga esa «Maxsus maqsadlar uçun» belgisi va elektron raqamli imzo qöyiladi.
Statsionar davolaş-profilaktika muassasasida davolangan bemorga ambulatoriya şaroitida davolanişni davom ettiriş zarur bölgan hollarda retsept ambulatoriya-poliklinika muassasasining şifokori tomonidan bemorning tibbiy hujjatlaridan olingan köçirmasidagi davolovçi şifokorning ambulatoriya şaroitida dori preparatining qöllanilişi haqidagi tavsiyasiga asosan beriladi.
Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylaştirilmagan qoğoz körinişidagi va/yoki elektron retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi.