Novza turar joy kompleksi juda katta chegirma va mashina turar joyi bilan bahoriy aksiyani e'lon qiladi. 

100kvm gacha maydonli kvartiralarga 25% chegirma + yer usti mashina turar joyi sovg‘a. 

173kvm dan 260kvm gacha maydonli kvartiralarga 30 % chegirma + yer usti mashina turar joyi sovg‘a. 

«Novza» turar-joy kompleksi 1,8 ga maydonda joylashgan uchta 7 qavatli binoni o‘zida jamlagan. Kompleks tarkibiga 202 ta xonadon kirib, shulardan 34 tasi — ikki qavatli. Har bir xonadon shiftining balandligi — 3,30 metr.

«Novza» turar-joy kompleksidagi asosiy dekorativ elementlar 1,5 qatorga terilgan birinchi toifali fasad g‘ishti, travertin va keramogranitdan iborat. Fasadning tashqi qiyofasiga putur yetkazmaslik maqsadida konditsionerlarni yashirish uchun dekorativ fibrobeton qo‘llangan.

Kompleks tashqarisida suhbatlashib o‘tirishga mo‘ljallangan joylar, sun'iy suv havzalari, sayr qilish uchun ko‘rkam bezatilgan yo‘laklar va bolalar maydonlari joylashgan.

Keksa yoshli kishilar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun sershovqin bolalar maydonidan uzoqda stol va o‘rindiqlar tashkil etilgan. Yashil zona va favvoralar kompleksda yashovchilarni salqin havo bilan ta'minlab, sharqona qulaylik muhitini yaratadi.

«Novza» TJKda sharqona uslubdagi bejirim yo‘laklar dizaynini uchratasiz. Ularning har birida domofonlar, naqshinkor eshiklar, mozaika, takomillashtirilgan yevropacha liftlar o‘rnatilgan. Keng va yorug‘ zinapoya marshlari ko‘chish yoki ta'mirlov amalga oshirishda katta predmetlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Parking foydalanuvchilari qulayligi uchun avtoturargohga avtomobilini qo‘yishni istaganlarning navbat poylashi oldi olinib, kirish va chiqish geometriyasi ko‘zda tutilgan. Bizning uylarimizdagi yerosti avtoturargohlari to‘siqsiz kirish qismi hamda eng quyi qavatlar va xonadonlar o‘rtasida harakatlanuvchi yuk tashish lifti bilan ajralib turadi.