U bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida «Özavtosanoat» AJ iştirokida bölib ötgan parlament eşituvida deputat Qodir Jörayevning savoliga javoban ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Heç qaçon xalqimiz içki bozorda avtomobillarni taşqi bozordagidan, masalan, Rossiya yoki Qozoğistonga nisbatan qimmatroq tölamaydi, deb özimizga strategiyani belgilab olganmiz.

Qölimda hozirgi kundagi holat böyiça ma'lumotlar bor. Rossiya va Qozoğistondagi narxlarni aytib ötaman, buni rasmiy distribyutorlarimiz orqali tekşirib köriş ham mumkin. Masalan, narxlar oşirilgandan söng Özbekistonda Cobalt narxi 10028 dollardan boşlanayapti. Rossiyada Cobalt’ning boşlanğiç narxi – 10138 dollar, ya'ni 110 dollarga qimmatroq.

Qozoğistonda Cobalt narxi 10684 dollardan boşlanadi, ya'ni u yerda ham narx Özbekistondagiga nisbatan 656 dollar qimmatroq.

Ommabop avtomobillardan biri – Nexia’ning narxi Özbekistonda 9101 dollardan boşlanadi. Rossiyada 9831, Qozoğistonda esa 9129 dollardan boşlanadi.

Eng oddiy modifikatsiyadagi Spark Özbekistonda 7710 dollardan boşlab sotilayotgan bölsa, Rossiyada 9831, Qozoğistonda 10579 dollardan sotilmoqda», deydi u.

«Özavtosanoat» AJ vakili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomobillar Rossiya va Qozoğistonda ança arzon sotilayotgani aks etgan xabarlar va skrinşotlarga ham izoh berib ötdi.

«Internetda tarqalayotgan xabarlarni örganib çiqdik. Jumladan, rasmiy saytlardan olingandek qilib körsatilgan skrinşotlarni ham örgandik. Bu – ayrim korxonalarning marketing strategiyasi bölib, bu narsa «perekup» [olib-sotiş] deyiladi. Ular bizning dillerlarimizdan maşinalarni olişgan. Odamni jalb qiliş maqsadida mana şunday «skidka» [çegirma] beramiz deb arzon narxlarni körsatişadi. Mijoz kelgandan keyin pulini oladi va lizingni taklif qiladi yoki boşqa maşinani ötkazişga harakat qiladi.

Ular bizning rasmiy dillerlarimiz emas. Örganiş jarayonida ular haqida Rossiya va Qozoğistonda yaşovçi odamlarning izohlarini ham kördik. Ularni ham taqdim etişimiz mumkin. Ular boşqalarni bu kabi korxonalarga işonmaslikka çaqirişgan», – deydi Şuhrat Mirsamukov.