Farmoyishga muvofiq tuzilgan ishchi guruh umumxalq hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
barcha viloyat, tuman va shahar hokimliklari umumxalq hashari o‘tkaziladigan kunlari o‘z hududlarida ko‘chatlar ekib bog‘ yaratish;
mahallalar, ta'lim muassasalari, aholi punktlari, ko‘p qavatli binolar va hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish;
barcha turar joy mavzelari va mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash;
ijgimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta'minlash;
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta'minlash;
umumxalq hasharini tegishli tashkilotlar hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etilgan xolda o‘tkazish;
umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta'mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat'iy yo‘l qo‘yilmagan holda obodonlashgirish, ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish;
avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘ilishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o‘tkazish taqiqlanganligini qatiy nazoratga olish.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqikot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan miqdordagi ko‘chatlar hamda qalamchalarni olish istagini bildirgan respublika hududlaridagi tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar barcha tashkilotlarga shartnoma asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda pul o‘gkazish yo‘li bilan tashkilotlarning ushbu tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari hisobidan yetkazib berilishini ta'minlaydi.















