Insoniyat hamisha yetkazib berish xizmatiga ehtiyoj sezgan. Bugungi kunda an'anaviy pochta bo‘limlariga murojaat qilmay qo‘yganimizga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, yirik shaharlararo qatnovlarni amalga oshiruvchi taksilar ishini kuzatsangiz har doim hujjatlar yoki tovar-moddiy boyliklar jo‘natilayotgani va qabul qilib olinayotganiga guvoh bo‘lasiz.

«O‘zbekistonda ham zamonaviy kur'yerlik tizimlari bormi?», degan savol tug‘ilishi tabiiy. Albatta bor! Nafaqat bor, balki ular bir necha yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aholisi 34 mln kishidan ortiq yirik davlat fuqarolari o‘rtasida yetkazib berish xizmatining ham o‘z o‘rni bor.


EMU (ekspress pochta) kompaniyasi bugungi kunda 150 nafardan ortiq xodimlari va 30 ta avtoulovlari bilan xizmatingizga shay! Har qanday hujjat yoki qimmatli jo‘natmani yetkazishda sizga EMU kompaniyasi yordam beradi hamda jo‘natmalaringizni O‘zbekistonning barcha shaharlariga tez va ishonchli yetkazib berishni kafolatlaydi.
EMU – bu qulay va to‘g‘ri tanlovdir!

EMU kompaniyasi kurerlik xizmati ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida rasman ro‘yxatdan o‘tgan va maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan kompaniyadir. «Express Mail Universal» 2016 yildan buyon yuridik va jismoniy shaxslarning jo‘natmalarini muntazam yetkazib bermoqda.
Kompaniya mijozlar ishonchini qozonish yo‘lida jo‘natmalarning saqlanishi, xavfsiz yetkazilishi, ma'lumotlar maxfiyligiga katta e'tibor qaratadi. Zero har bir xodim pochta va yuk tashish xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan holda maxsus yo‘riqnoma asosida ish yuritadi.
Undan tashqari, Sizda internet magazin bormi? Siz qanday qilib mijozlaringizga buyurtmalaringizni yetkazib berish haqida o‘ylab turibsizmi? Unda sizga EMU kompaniyasi yordam beradi. EMU kompaniyasi har qanday internet magazin sotuvchilarini va xaridorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, mijozlariga tez va ishonchli xizmat ko‘rsatadi. Siz EMU kompaniyasi orqali mijozlaringizga buyurtmalarini jo‘nating va vaqtingizni hamda naqdingizni tejang!














