Taşkilot rasmiy sayti bergan xabarga köra, Chempionship va quyi liga öyinlari ham bekor qilingan. Angliya çempionati öyinlari kamida 4 aprelga qadar ötkazilmaydi. Uşbu qaror APL rahbariyatining navbatdan taşqari yiğilişda qabul qilindi.

«Mikel Arteta, Kallum Xadson-Odoi va koronavirusdan aziyat çekayotgan boşqalarning tezroq soğayib ketişlarni tilab qolamiz. Hozirgi misli körilmagan vaziyatda Premer-liga barça klublar, hukumat, Angliya futbol assotsiatsiyasi va Chempionship bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Biz futbolçilar, personal va muxlislarning soğliği haqida qayğurayapmiz. Premer-liga ehtiyor çorasi sifatida 4 aprelgaça bölgan barça uçraşuvlarni qoldirişga qaror qildi. 4 aprel kunidan çempionatlarni davom ettiramiz deb umid qilamiz. Voqealar rivojiga köra, yana xabarlar beramiz», - deyiladi APL ijroçi direktori Richard Mastersning bayonotida.

Oldinroq Italiya, Ispaniya va Fransiyada çempionat öyinlari kamida aprel oyiga qadar töxtatilgan, Bundesliga esa keyingi haftadan tanaffusga çiqişi ma'lum qilingandi. 

Bundan taşqari, UYeFA Çempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasi öyinlarini noma'lum muddatga qoldirgan.

  • Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 138 152 nafarni taşkil qilmoqda, qurbonlar soni 5 mingdan oşib ketdi - 5080.