Ammo…

Avvalo, şuni aytiş kerakki, bozor iqtisodiyoti şaroitida, deputatning yoki umuman kim bölsa ham, biror kompaniyaga qarata «nega narxni oşirding?», «nega rivojlanmading?» deb savol berişi biroz kulgili. Hamma sohada köp işlatilsa-da, biznesda «insof», «milliy ğurur» degan tuşunçalar yöq – har qanday kompaniya özi faoliyat körsatayotgan şaroitdan imkon qadar köproq foyda qilişni közlaydi.

Agar milliy avtomaşinalarimiz uçun içki bozorda raqobat bölganida, narxlarning oşişi bunaqa oğriqli bölmasdi, aholida boşqa işlab çiqaruvçining maşinalarini sotib oliş tanlovi bölardi.

Umuman, mana şu avto işlab çiqaruvçi kompaniyamizning özi ham istagan paytida asosli yoki asossiz narx oşira olmasdi – hammasi bozor talabi va raqobatdan, muqobil mahsulotlarning narxidan kelib çiqib belgilanardi. Majburan rivojlanardi, majburan narxni tuşirardi. Zarar qilsa, yopilib ham ketardi.

Deputatlar ta'biri bilan aytganda, «yaxşi işlamayotgan», «rivojlanmayotgan», «xarajatlarni nazorat qila olmayotgan», «korrupsiyalaşgan» kompaniyalar qayerdadir yaşab kelayotgan bölsa, bunga boş sabab – öşa mamlakatda şunga yaraşa şaroitning borligidir.

Ha, endi, agar UzAuto Motors uçun bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat şartlari mavjud emas ekan, bu endi boşqa masala. Savollar  hukumatga – Vazirlar Mahkamasiga va hatto deputatlarning öziga bölişi kerak.

Ya'ni biz deputatlarni terib qöyib, «nega bunday monopolistik şaroit yaratilib berilgani» haqida savol berişimiz kerak.

Ötgan yili bir qator deputatlar televizorda çiqib, avtomaşinalarga parda yoki tonirovka uçun jarimalar juda baland ekani haqida bong urişgan, içki işlar xodimlarini bunda ayblaşgandi.

Öşanda bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev juda töğri e'tiroz qilgan: «Axir bu jarimalarni belgilagan parlament, ya'ni deputatlarning özi. Avvalo, özlaring çiqarayotgan qonunlarga qaraşlaring kerak emasmi?»

Albatta, keça juda yaxşi va töğri fikrlar bildirgan deputatlarga qoyil qoliş kerak, zör gaplar aytildi, rahmat. Ammo manzil boşqa.

Aslida, deputatlar hukumat vakillarini terib qöyib, «Nega bojxona siyosatimiz mana şunday ajdarholarning paydo bölişiga sabab bölyapti?» deya, xuddi keçagi asoslarni keltirişganida, köproq olqişga, biroz umidga arzirli voqea bölardi.

Ungaça, bu – populizmdan boşqa narsa emas