Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi UzAuto Motors avtomobillari narxi oşirilişi yuzasidan munosabat bildirdi.

«Birinçidan, «UzAuto Motors» AJ yengil avtomobillarni işlab çiqariş böyiça ustun mavqega ega bölib, korxonaga yillar davomida imtiyozlar va preferensiyalar berilişiga qaramasdan, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan yetarli darajada samarali foydalanmagan.

Korxona tomonidan mahsulot tannarxini kamaytiriş yuzasidan körilayotgan çoralar samarasi past, xususan raqobatbardoşlikni oşiriş yuzasidan körilgan çora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxi faqatgina 2 foizga pasaytirilişiga erişilgan.

Bundan taşqari, sönggi uç yil davomida korxona tomonidan 167ta yangi uskuna va texnologiyalar işga tuşirilgan. Bu – korxonada mavjud texnologiyalarning atigi 2,1 foizini taşkil qilgan. 2017-2018 yillarda yangi iş örinlari yaratilmagan.

Ikkinçidan, korxona tomonidan işlab çiqarilgan yengil avtomobillarning içki bozordagi narxlari taşqi bozordagi narxlaridan sezilarli darajada qimmat.

Masalan, eksportga yönaltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida çegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa içki narxlar bilan 20-50 foizgaça tafovut qilmoqda.

Soliştiriş uçun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining içki bozordagi narxlari Özbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

Bundan taşqari, içki bozordagi yengil avtomobillar narxi jahon bozoridagi raqobatçi korxonalar narxlaridan qimmatligi kuzatilmoqda.

Misol uçun, Tracker Premier modelining narxi 20 ming dollarni taşkil etsa, taşqi bozorlarda şu sinfdagi Hyundai Creta modelining narxi 15 ming