Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nodir Jumayev Kun.uz'ga bergan intervyusida 11 mart kuni bölib ötgan parlament eşituvidagi savollariga «Özavtosanoat» AJ vakillari tomonidan berilgan javoblardan qoniqmaganini ta'kidladi.
«Yiğilişda ba'zi bir savollarimga töliq javob ololdim, ba'zilariga esa ololmadim.
Mutasaddilar tomonidan berilgan javoblarning töğri yoki töğri emasligini parlament a'zolaridan iborat işçi guruh taşkil qilib, avtomobil zavodining öziga borib örgangaç, aytişimiz mumkin», deydi u.
Nodir Jumayevga köra, bozor qonunlari işlamas ekan, bunday muammolar yuzaga kelaveradi.
«Bitta narsani ta'kidlaşni istardim, bozor qonunlari töliq amal qilmas ekan va monopol korxonalar faoliyati davom etaverarkan, bunday muammolar ham yuzaga kelaveradi. Şuning uçun biz iqtisodiyotdagi qonunlarga töliq amal qilinişiga erişişimiz kerak.
Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotga e'tibor qilgani bejizmas. Çunki raqamli iqtisodiyotda xufiyona iqtisodiyot bölmaydi, hamma narsa şaffof böladi. Buning oxir-oqibat nafaqat mamlakat sanoatining rivojlanişiga, balki aholining farovonligini oşirişga xizmat qiladi», – deydi deputat.
Uning aytişiça, deputatlar tomonidan işçi guruh tuzilib, milliy avtosanoat örganiladigan bölsa, birinçi örinda import narxlar soliştiriladi.
«Dunyoda maşinalar allaqaçon 3-4 litr benzin sarflayotgan vaqtda bizning maşinalarimiz haligaça 10-15 litr benzin sarflab yurişibdi. Şuning uçun ham monopoliyani yöqotib, soğlom raqobat muhitini şakllantirişimiz kerak», deydi Jumayev.
Iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayevning aytişiça, odatda devalvatsiya bölsa, eksport oşişi kerak, lekin avtosanoat misolida buning teskarisi bölmoqda.
«Bizda devalvatsiya 100 foizga oşsayam, import oşib ketdi. Import hajmi eksportnikidan 6 mlrd.ga köproq hozir. Bu taşqi savdoda katta muvozanatsizlikni keltirib çiqardi. Ma'lum darajada oltin zaxiralari, valuta mablağlarining sarflanişiga sabab bölmoqda. Bu esa Özbekistonda bozor iqtisodiyotining barça qonunlariga töliq amal qilinmayotganidan dalolat beradi. Bu esa qator muammolarni keltirib çiqarmoqda.
Biz bozor iqtisodiyotiga töliq ötmas ekanmiz, qaysidir sohalarda ana şunday muammolarga duç kelaveramiz», – dedi Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Xalqaro işlar va parlametlararo aloqalar qömitasi a'zosi Nodir Jumayev.








