Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirus epidemiyasini pandemiya deb e'lon qilgandan keyin Mask tvitterda Qizil sayyorani zabt etiş vaqti kelganini yozgan. Biroq tadbirkor öz tvitiga qizil tusdagi Oy suratini ilova qilgan.
Maskning bu xatosini amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson aniqlagan. U Mask ilova qilgan suratda töliq tutiliş vaqtidagi Oy tasvirlanganini ma'lum qilgan.
— Elon Musk (@elonmusk) March 11, 2020
Biroq Tayson Oyning zabt etilişiga ham qarşiligi yöqligini qöşimça qilgan.
“Mehmonxonalar, kurortlar. Ajib taomlar. Biroq men uçun restoranlarda atmosferaning bölmasligi jiddiy kamçilik böladi”, deb yozgan olim.
Şundan keyin Mask birinçi xabaridan keyin yana bitta tvit qoldirib, unda “Oyni ham”, deb yozib qöygan.












