Şu kunlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitalarida bir qator muhim qonun loyihalarini takomillaştiriş yuzasidan muhokamalar ötkazilmoqda, deyiladi parlament saytida.

Qayd etilişiça, Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasida ikkinçi öqişda körib çiqiş uçun tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ham şular jumlasidan. 

Işçi guruhi yiğilişlari davomida qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari, qömita a'zolari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimlari va tegişli mutasaddi taşkilot vakillari iştirokida yuqori talabçanlik ruhida qizğin muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida amaldagi qonunda mavjud bölmagan bir qator yangi qoidalar kiritildi. Ilk marotaba iş örinlarini yaratiş va bandlikni ta'minlaş borasidagi faoliyati uçun iş beruvçini rağbatlantiriş, aholining iş bilan bandligi davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi, jumladan, subsidiyalar, grantlar va imtiyozli kreditlarning ajratilişi, iş beruvçilarning aholini iş bilan ta'minlaş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişdagi iştiroki aniq belgilab berilmoqda.

Xodimning mehnat xavfsizligini ta'minlaşni nazarda tutgan yangi qoida sifatida kiritilayotgan autstaffing agentliklari töğrisidagi norma deputatlar tomonidan çuqur muhokama etildi. Uşbu norma deputatlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ya'ni, norasmiy işsizlarni kamaytiriş uçun yangi mexanizmni joriy qiliş nuqtai-nazaridan kelib çiqib qonun loyihasida qoldirildi.

Şuningdek, şahar va tumanlardagi bandlikka kömaklaşiş markazlari faoliyatini kengaytirişga va mas'uliyatini kuçaytirişga qaratilgan bir qator moddalar kiritildi. Mehnat organlari tomonidan işsiz va band bölmagan aholiga körsatilayotgan xizmatlar turlari kengaytirildi, şuningdek, işsiz deb e'tirof etiş, işsizlik davrida ijtimoiy kafolatlar va kompensatsiya beriş tartiblari qayta körib çiqildi va soddalaştirildi. Band bölmagan aholini hisobga oliş va röyxatdan ötkaziş, faol iş qidirayotgan işsizlarga nafaqa tayinlaş va tölaş şartlari batafsil, havolaki normalarsiz bayon etildi.

Qonun loyihasida iş beruvçilarning mavjud böş iş örinlari töğrisidagi axborotlarni öz vaqtida taqdim etib bormasligi yuzasidan tegişli javobgarlik belgilanmoqda.

Işçi guruhi yiğilişlari davomida qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida deputatlar muhokamasiga kiritişga qaror qilindi.