Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya bosh vaziri karantinga ketdi
Ruminiya bosh vaziri lavozimini bajarayotgan Lyudovik Orban koronavirus aniqlangan senator bilan muloqotda bo‘lgandan keyin karantinga ketishga qaror qildi.
“Men karantinga ketmoqdaman va o‘z majburiyatlarimni masofadan bajaraman”, deb aytgan Orban jurnalistlarga.
Ta'kidlanishicha, Orban 9 mart kuni koronavirusga uchragan senator ishtirok etgan uchrashuvga tashrif buyurgan.
Koronavirusga nafaqat Orban, balki bir qator vazirlar ham tekshirilmoqda. Agar tekshiruv natijalariga ko‘ra yana kasallanish holatlari aniqlansa, unda butun hukumat karantinga jo‘natilishi mumkin.
Bunday vaziyat Ruminiyada siyosiy inqiroz avj olgan bir vaqtda yuz berdi. O‘tgan oy Orban hukumati parlament ishonchsizlik bildirgandan keyin iste'foga jo‘natilgandi.
Ayni vaqtda Ruminiyada koronavirusga chalinganlar 70 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda ta'lim va madaniyat muassasalari yopilgan. Bir qator davlatlar, jumladan Xitoy va Italiyadan uchib kelganlar ikki haftalik karantindan o‘tishlari kerak.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
12:27 / 13.03.2026
Ukraina va Ruminiya harbiy dronlarni birgalikda ishlab chiqaradi
18:37 / 15.01.2026