Apple koronavirus sababli Xitoydan boşqa davlatlardagi barça dökonlarini vaqtinça yopişga qaror qildi. Bu haqda kompaniya boş direktori Tim Kukning bayonotida ma'lum qilindi.

Foydalanuvçilar onlayn dökon xizmatlaridan foydalanişlari mumkin böladi. Qöllab-quvvatlaş xizmati ham onlayn faoliyat olib borişda davom etadi.

Apple kompaniyasining çakana dökonlari AQŞ, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Turkiya va yana bir neçta boşqa davlatlarda bor.

Kompaniyaning Xitoydagi dökonlari öz faoliyatini qaytadan boşladi. Bu mamlakatdagi dökonlar fevral boşida koronavirus sababli yopilgandi.

Kompaniyaning Xitoy taşqarisidagi ofislari xodimlari masofadan işlaş tizimiga ötadi. Ofisga kelişi şart bölgan xodimlar esa öz hamkasblari bilan masofa saqlaşlari kerak böladi.

Jon Xopkins universitetining ma'lumotlariga köra, dunyo böyiça 145 mingdan ortiq koronavirusga çaliniş holati qayd etilgan, 5,4 ming kişi vafot etgan.