Ayni paytda Qozoğistonda 6ta, Özbekistonda bitta holat qayd etilgan.
Virus tarqalişini töxtatiş uçun körilayotgan çoralar va joriy etilayotgan çeklovlar qançalik muhim bölsa, fuqarolarning elementar qoidalarga rioya qilişi ham şunçalik ahamiyatga ega.
Quyida virusdan himoyalaniş böyiça Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalarini yana bir bor eslab ötamiz.
1. Qölingizni tez-tez sovunlab yuving, spirtli antiseptik vositalardan foydalaning. Ayniqsa, jamoat transportidan foydalangandan keyin.
2. Köz, oğiz va burningizni uşlaşdan tiyiling, qöl berib salomlaşmaslikka harakat qiling.
3. Aksirganda, yötalganda yuzingizni römolça yoki tirsagingiz bilan tösing.
4. Odam köp töplanadigan joylarga bormaslikka harakat qiling. Şamollaş va gripp alomatlari bor odamlarga yaqinlaşmang.
5. Isitma – yangi turdagi zotiljamning eng asosiy va birinçi belgilaridan biri. Isitmangiz bölsa, uydan çiqmang.
6. Isitma, yötal, nafas oliş qiyinlaşişi kabilar belgilar namoyon bölsa, şifokor huzuriga bormang, ammo keçiktirmasdan tibbiy yordamga telefon orqali murojaat qiling. Xonalarni tez-tez şamollatib turing.
7. Koronavirusga oid sönggi rasmiy xabarlardan boxabar bölib turing. Yangiliklarni işonçli, rasmiy manbalardan olişga e'tibor qarating.
Ayniqsa keksa yoşdagi, surunkali kasalliklari bor insonlar özlarini avaylaşlari lozim.













