15 mart kuni Özbekistonda ilk koronavirus holati aniqlangaç, barça ommaviy tadbirlar, xususan sport va futbol musobaqalari rasman bekor qilindi. Şu jumladan, milliy jamoasining örtoqlik öyini ham ötkazilmaydi.
«Özbekiston va Tojikiston milliy jamoalari örtasida 31 mart kuni Toşkentda ötkazilişi lozim bölgan örtoqlik uçraşuvi ötkazilmaydigan böldi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi uşbu örtoqlik uçraşuvini koronavirusning tarqalişi xavfi tufayli bekor qildi», - deya xabar bermoqda Tojikiston futbol federatsiyasining rasmiy sayti.
Vadim Abramov boşçiligidagi Özbekiston milliy jamoasi 31 mart kuni JÇ-2022 saralaş bosqiçi doirasida Yamanga qarşi safarda töp surişi lozim edi. Ammo uşbu bahsning bekor qilingani va Tojikiston bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazilişi haqida ÖFA tomonidan ma'lumot berilmagandi.
Şuningdek, 26 mart kuni Toşkentda Armaniston milliy jamoasi bilan örtoqlik öyini rejalaştirilgandi. Bu bahs ham katta ehtimol bilan bekor qilinişi mumkin.
Oldinroq, FIFA OFK bilan kelişgan holda JÇ-2022 saralaşidan örin olgan öyinlarni qoldirişga qaror qilgan, ammo milliy jamoalar özaro kelişgan holda öyin iştirokçilari xavfsizligi ta'minlanişi şarti bilan uçraşuvlarni öz vaqtida ötkazişi mumkinligi haqida xabar berilgandi. FIFA koronavirus tarqaliş xavfi sabab şunday qarorga kelgan. Yuqorida körsatilgan muddatda Özbekiston uçta öyin ötkazişi kerak edi va endilikda Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarşi (9 iyun) öyinlari noma'lum muddatga qoldirilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, bugun, 15 mart kuni ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov Tribuna.uz sayti muxbiri bilan suhbatda Superliga va futbol uçraşuvlarining qoldirilişi masalasida 16 mart kuni navbatdan taşqari ÖFAda yiğiliş ötkazilişi haqida ma'lum qilgandi.












