«Mutasaddilar talabalarni vahima kötarmaslikka çaqirmoqda. Barça yölovçilarni öz manzillariga yetkaziş ta'minlanişi böyiça çoralar körilmoqda», deyiladi ÖzA xabarida.

«Özbekiston temir yöllari» 16 martdan Toşkent-Urganç yönalişida 556-sonli qöşimça yölovçi poyezdi qatnovi yölga qöyilişi, mazkur poyezd bugun tunda soat 00:10da Toşkent janubiy temir yöl vokzalidan jönaşi haqida ma'lum qilgan.
«Hurmatli yölovçilar boşqa yönalişlarga ham qöşimça poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi. «Özbekiston temir yöllari» AJ veb saytini kuzatib boring, bu haqda ma'lumotlar berib boriladi», deyiladi xabarda.
«Öztemiryölyölovçi» talabalar şaharçasida köçma kassa taşkil etgan. Talabalar öşa yerning özidayoq çiptani rasmiylaştirişi mumkin.

Transport vazirligi talabalar uçun 50 foizlik çegirmalar haqida e'lon qilgan.
«Oliy ta'lim muassasalarida öqiş töxtatilgani tufayli viloyatlarda yaşaydigan talabalarning uyga qaytiş xarajatlari uçun avia va temir yöl çiptalarining tarif qismidan 50 foiz çegirma taqdim etiladi», deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.











