18 martdan e'tiboran umumta'lim maktablardagi barça öqituvçilar muddatidan avval ta'tilga çiqariladi. Bu haqida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov ma'lum qildi.
«Hammaga ma'lumki, karantin munosabati bilan öquvçilar navbatdan taşqari ta'tilga çiqarilgaç, odamlarda bu borada savollar paydo böldi. Öquvçilar bölmasa, öqituvçilar maktabda nima qilişi haqida.
Ertadan boşlab hamma öqituvçilar ham ta'tilga çiqadi.
Qonunga köra, 21-27 mart kunlaridagi rejali ta'til vaqtida ham öqituvçilar işlab berişi kerak edi. Hozir bu vaqtdagi işlarini ham masofadan turib bajarişiga ruxsat beryapmiz. Ya'ni öqituvçilar maktabda bölişiga hojat qolmaydi. Rejalaştirilgan ta'til davrida közda tutilgan pedagogik yuklamalar pedagoglar tomonidan örnatilgan tartibda oylik iş haqlari saqlab qolingan holda masofadan turib bajarilişi mumkin böladi», dedi vazir «Özbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalişi va unga qarşi körilayotgan çoralar böyiça ta'lim muassasalarida amalga oşirilayotgan işlar» mavzusida brifing çoğida.
18 mart kunidan mehnat ta'tiliga çiqadigan öqituvçilarga mehnat ta'tili davri uçun mablağ tölanadi.
Masofadan turib öquv jarayonini taşkil etiş hamda ta'lim muassasa va taşkilotlarning bino va inşootlarini samarali saqlaş işlarini muvofiqlaştiriş maqsadida qöyidagi lavozimlarda işlovçi xodimlar öz faoliyatini iş joyida amalga oşiradi:
1. Direktor;
2. Öquv işlari böyiça direktor örinbosari;
3. Manaviy ma'rifiy işlar buyiça direktor örinbosari;
4. Xöjalik işlari böyiça direktor örinbosari (yoki xöjalik işlari mudiri);5. Psixolog;
6. Yoşlar yetakçisi;
7. Farroş;
8. Qorovul.
Xalq ta'limi vaziri maktab ta'tili davrida videodarslar qanday şaklda taşkil etilişi haqida ham ma'lumot berdi.
«Hukumat komissiyasi öquvçilarning ta'til paytida bilim olişi uçun Xalq ta'limi vazirligiga Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar bilan hamkorlikda öquv dasturlarida rejalaştirilgan dars maşğulotlarini televizion efirga uzatiş uçun videodarslar tasvirga olinişi hamda efir vaqtlarini ajratiş böyiça vazifalar yuklatildi.
Mazkur videodars maşğulotlarini tayyorlaş va uni tasvirga oliş böyiça soha xodimlaridan iborat taşkiliy-ijodiy guruh tuzildi va hozirda videodarslarni tasvirga oliş işlari boşlandi. Videodarslar tayyor bölganidan keyin televideniye va Xalq ta'limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari (@uzedu) va rasmiy veb-saytlarida (www.uzedu.uz), elektron axborot portallari (online maktab) orqali ham namoyiş etib boriladi. Videodarslar va namoyiş vaqtlari töğrisidagi ma'lumotlar vazirlik rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda Kundalik tizimi orqali çop etib boriladi.













