Ayrim oylarda mehnat ta’tiliga çiqiş moliyaviy jihatdan foydali emas. Masalan, may oyida ta’tilga çiqsangiz, xuddi şunday ta’tilni iyulda olganingizga nisbatan qölingizga ança kam pul tegadi, 10 mln söm maoş oladigan xodim uçun farq 1,7 mln sömgaça yetişi mumkin. Gap şundaki, Özbekistonda iş kuni va ta’til kuni uçun turliça haq tölanadi. Iş kunining qiymati «oylik maoşni şu oydagi iş kunlari soniga böliş» orqali hisoblanadi, ta’til kunining qiymati esa «örtaça iş haqini 25,3 ga böliş» orqali aniqlanadi. 

Mehnat ta’tili — bu xodim işlamaydigan, iş joyi va örtaça iş haqi esa saqlanib qoladigan davr. Mehnat şartnomasi asosida işlaydigan barça şaxslar, jumladan, örindoşlar va mavsumiy xodimlar ham ta’til olişga haqli. Bu yerda faqat haq tölanadigan yillik ta’til haqida söz bormoqda.

2023 yil 30 apreldan yangi Mehnat kodeksi (2022 yil 28 oktyabrda qabul qilingan) kuçga kirgan. Undagi asosiy yangilik — ta’til endi avvalgidek iş kunlarida emas, kalendar kunlarida hisoblanadi. Minimal asosiy ta’til avvalgi 15 iş kuni örniga 21 kalendar kunini taşkil etadi.

Qöşimça va asosiy ta’til mavjud. Asosiy ta’til barçaga beriladi. Köpçilik uçun bu 21 kalendar kundan iborat, ammo ayrim toifalar uçun uzaytirilgan asosiy ta’til belgilangan.

Kimlarga 21 kundan ortiq asosiy ta’til beriladi?

1 tabl uzb
Kun.uz

Qöşimça ta’til asosiy ta’tilga qöşiladi. U zararli mehnat şaroitida, noqulay iqlim muhitida işlovçilarga, şuningdek, bir taşkilot yoki tarmoqda uzoq yillik mehnat staji uçun beriladi. Har 5 yillik iş staji uçun 2 kalendar kun qöşimça ta’til beriladi, ammo umumiy hisobda 8 kundan oşmaydi.

28.10.2022 yildagi Mehnat kodeksi: 481-, 483-moddalar

Asosiy ta’tillar qöşilmaydi, qöşimça ta’tillar esa jamlanadi. Bunda bir iş yili uçun barça ta’tillarning umumiy davomiyligi 56 kalendar kundan ortiq bölişi mumkin emas.

Biliş foydali bölgan ayrim nozik jihatlar: